Deputat Akmal Umirzakov propiska çeklovlari haqida
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Akmal Umirzakov özining Feysbukdagi sahifasida propiska böyiça post qoldiribdi. Mazmunan olganda bu post mening maqolamga javob ekanligini anglaş qiyin emas. Uşbu postni tahrirlamasdan hukmingizga havola qilaman:
«IMHO...
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida Özbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinçi joyga köçiş, Özbekiston Respublikasiga keliş va undan çiqib ketiş huquqiga ega. Qonunda belgilangan çeklaşlar bundan mustasnodir, deb belgilangan.
Nima uçun, bir joydan ikkinçi joyga köçişga qonunda belgilangan tartibda çeklaşlar kiritilişi mumkin? Buning asosiy sababi Özbekiston Respublikasi BMT Boş Assambleyaning 1966-yil 16-dekabrdagi 2200 A (XXI)-sonli rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1976-yil 23-martda kuçga kirgan FUQAROLIK VA SIYOSIY HUQUQLAR TÖĞRISIDAGI XALQARO PAKTga 1995-yil 28-sentabrda qöşilganidir. Uşbu paktning 12 moddasi muvofiq :
«1. Biror-bir davlat hududida qonuniy ravişda turgan har bir kişi uşbu hudud doirasida erkin köçib yuriş va yaşaş joyini erkin tanlaş huquqiga ega.
2. Har bir kişi har qanday mamlakatni, jumladan öz mamlakatini tark etiş huquqiga ega.
3. Yuqorida qayd etilgan huquqlar heç qanday çeklaş obyekti bölişi mumkin emas, qonunda nazarda tutilgan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatini yoki boşqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qiliş uçun zarur bölgan va uşbu Paktda eʼtirof etilgan boşqa huquqlarga mos keladigan çeklaşlar bundan mustasno.»
Demak, xalqaro huquq va konstitutsiyamiz, şu asosda qabul qilingan «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni (Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari töplami, 2011-yil, 37-son, 375-modda) va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida»gi qaroriga inson huquqlari buzulişi sifatida qaraş, bizning nazarimizda mutlaqo xato yondoşuvdir.
Qolaversa, urbanizatsiya jarayoni jadal keçgan rivojlanayotgan davlatlar tajribasidan ham maʼlumki, agar davlat yaşaş şart-şaroitlari qolgan xududlarga nisbatan bir oz yaxşi bölgan yirik şaharlarda röyxatdan ötiş böyiça samarali qatʼiy nazorat örnatmasa, turli xil sabablarga köra kriminogen vaziyat salbiy tomonga özgaradi. Hattoki öziga xos, «Dunyoning jinoyatçilik avjiga çiqqan şaharlari» reytingi mavjud. Uşbu reytingda biz uçun borib köriş orzu bölgan Fransiya poytaxti Parij ham bor.
Buni hattoki, Parijda bölgan yapon turistlari «Parij sindromi yoki Parij hayrati (şoki)», deb ataşadi. Şuning uçun, ayrim tadbirkorlarning öquvsizligi tufayli maxsulot yorliğida «Toşkent Respublikasi», deb yozilganini haqiqat sifatida qabul qiliş bir savodsizning yozuvini «kör körona» qabul qilişdir.
Respublikamizda kuni keça Samarqanddagi forumlar saroyida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bağişlab Inson huquqlari böyiça Osiyo forumi ötkazilganligi esa haqiqatdan ham olamşumul voqea.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli «ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING «ÇET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BÖLMAGAN ŞAXSLARNI DOIMIY VA VAQTINÇA PROPISKA QILIŞ TARTIBINI TAKOMILLAŞTIRIŞ ÇORA-TADBIRLARI TÖĞRISIDA» 2018-YIL 28-AVGUSTDAGI PQ-3924-SON QARORINI AMALGA OŞIRIŞ ÇORA-TADBIRLARI HAQIDA»gi Qarori poytaxtda öy-joy sotib olaman, degan qonunga itoatkor va poytaxtda yillar mobaynida ijarada sarson bölgan oilalarga berilgan imkoniyatdir.
Musulmonçilik - asta -sekinlik!
PS: Dunyo poytaxtlari yoki yirik şaharlardagi migratsiyaga oid çeklovlarga oid xorijiy va xalqaro tajribani alohida maqola sifatida çop etaman».
Post tugadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
