Toşkentda yangi uy olganlarning oilali farzandlari propiskasi
Yuqoridagi postni 1 oy oldin eʼlon qilgan edim. Oçiq gapni aytaman, öşanda muştariy aytgan muammo şunçaki pasport stoldagilarning uquvsizligi deb öylagandim va köp jiddiy qabul qilmagandim. Endi esa boşqa bir muştariydan olgan maktubdan keyin, fikrim özgardi. Avval xatni töliq eʼlon qilaman:
Yaşnobod tumanidan yangi qurilgan köp qavatli uylardan birini otam va onamning nomiga oldik, keyin ota-onamni 1-band bilan propiskaga qöydik, lekin oilali farzandlarini propiskaga qöyişga rad etdi. Nimaga asosan rad etayotganini sörasak 527-sonli qarorga asosan dedi pasport stol boşliği. Öşa 527-sonli qarorni lex.uz dan olib körsatdik naçalʼnikga, U gapni rosa olib qoçdi va bizda <<IÇKI NIZOM>> bor, novostroykadan sotib olganlar oilali farzandlarini propiska qilişda çeklov bor dedi. IÇKI NIZOMNI bizga körsatişni sörasak, fuqaroga körsatilmasligini aytdi.
Murojaatimizga yozma javob berilgan, uni ilova qilib sizga jönatyapman. (Birinçi faylda muxr yöq nusxasi bu)
Siz nima deysiz, maslaxat bering
JAVOB: Men nima deyman? Deyarli heç narsa, şunçaki bu darajada qonunlarga tupurib qöyişga qanday haddi siğişayotgan ekan, şunga hayronman xolos.
Eʼtibor bering, rad qiliş haqida 2 ta javob xati bor. 1-sida Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 413 va 527-sonli qarorlariga köra, 1-band bilan propiskaga kirganlarning oilasi bor farzandlari propiska qilinmaydi, deyilgan.
413-sonli qaror
527-sonli qaror
Mana, ikkala qarorga ham havola berdim, erinmasdan kirib, öqib köring, özi juda qisqa qarorlar. Agar kimdir menga şu qarorlarda tepadagi taqiqni topsa, qoyil qolaman.
Yöq unaqa taqiq!!! Bu kabi javob xatlari qonunlarning ustidan oçiqçasiga kuliş. «Qölingdan kelganini qil, bizning öz qonunlarimiz bor» deyiş.
Lekin masalaning boşqa tomoni ham bor. Pasport stoldagilarni ayblaşdan yiroqman. Çunki kalavaning uçi töppa-töğri Içki işlar vazirligiga borib taqalaşini uşbu xatlardan köriş mumkin. Unda aytiladiki, 14.12.2017-yildagi vazirlikning 22/25297-sonli körsatmasida yangi uy sotib olganlarning oilasi bor farzandlari propiska qilinmasligi aytilgan ekan. Anaaaa. Baliq boşidan deganlari şu bölsa kerak.
Xöp, aytişingiz mumkin, balki rostdan ham qonunçilikda mumkinmasdir, kimsan Içki işlar vazirligi sohaga oid qarorlarni bilmasligi kulgili-ku, deya. Unda keling, birgalikda muhokama qilamiz.
VMning 16.02.2012-yildagi 41-sonli qarorining 7-1-bandini öqiymiz:
«Röyxatning 1 va 8-bandlari asosida Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoşlari Röyxatning 2-bandi asosida doimiy propiska qilinadilar»
Endi esa 7-2-bandini öqiymiz:
«Röyxatning 5-bandi asosida doimiy propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tuğilgan farzandlari (öz oilasiga ega bölmagan) Röyxatning 2-bandi böyiça doimiy propiska qilinadilar»
Xöş, soğlom aql bilan aytingçi, «öz oilasiga ega bölmagan» degan talab qaysi bandga taalluqli ekan? 5-bandga!
1-band bilan kirganlarning qarindoşlari haqida gap ketganda «öz oilasiga ega bölmagan» degan talab qöyilganmi? Yöq! Yöq! Va yana yöq!
Buni vazirlikdagilar bilmaydi deysizmi? Juda yaxşi bilişadi, çunki tizimda juda kuçli huquqşunoslar işlaydi. Ammo şunisi alam qiladi-da! Yaʼni bila turib, özini bilmaslikka olişlari. Bilmasdan qilsa, xatosini tezda tan olişi mumkin, lekin bila turib qilsa, tan oldirib böpsiz!
Nimaga qonunlarimiz bunçalar oyoqosti bölyapti?
Nimaga uyalmasdan, xalqqa bunday noqonuniy javoblarni berişmoqda?
Internetda #surişkerak degan gaplarni körib qolsak, ularni vatanparvar emaslikda ayblaymiz. Unda vatanparvarlar kimlar? Qonun va hukumat qarorlarini tan olmaydiganlarmi? Aslida butun vujudi va borliği bilan xalqqa xizmat qilişi kerak bölgan, lekin noqonuniy taqiqlari bilan xalqni qiynayotganlarmi? Şumi vatanparvarlik?!
Böldi, töxtadim.
P.S.: buni şunday qoldirib bölmaydi, albatta öşa muştariyga bu qaror ustidan maʼmuriy sudga şikoyat qiliş uçun bor kuçim bilan yordam beraman. Bunday qarorlarga ana şunday kuraşiş kerak. Agar bularga sud ham bas kela olmasa, unda faqat Xudo bas kelsin, boşqa ilinj yöq.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

