Avtoraqam berişning yangi mexanizmi joriy etilişi mumkin

Matn13-aprel, 2019, 19:362 daqiqa0 koʻrish

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkazişning yangi mexanizmini belgilab beruvçi hujjat loyihasi joylaştirildi (https://regulation.gov.uz/ru/document/3117).

Loyihaga köra, avtomototransport vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va avtoraqam beriş xizmati tajriba tariqasida 2019-yil 1-maydan boşlab, Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladi.

Bunda, markazlar orqali quyidagi toifadagi avtotransport vositalari röyxatdan ötkazilişi rejalaştirilmoqda:

– Özbekistonda işlab çiqilgan va xorijdan keltirilgan yangi avtomototransport vositalari;

– notarial oldi-sotdi şartnomasi asosida mulkdori özgargan ikkilamçi avtotransport vositalari.

Avtotransport vositasini röyxatdan ötkaziş uçun fuqarolardan faqatgina pasport va mulk huquqini eʼtirof etiş hujjati (avtosalonlardan beriladigan hisob-maʼlumotnoma, bojxona deklaratsiyasi yoki oldi-sotdi şartnomalaridan biri) taqdim etiladi xolos.

Xizmat körsatiş vaqti – atigi 1 soat.

Agentlikning taklifiga köra: endilikda avtotransport vositasini davlat röyxatidan ötkazişda avtotransport vositalarini közdan keçiriş, texnik körikdan ötkaziş TALAB ETILMAYDI.

Soddaroq ifodalaydigan bölsak, fuqarolar avtomaşinasini röyxatdan ötkaziş va avtoraqam oliş uçun Markazlarga avtotransport vositasi bilan kelişi ham şart emas.

AVTORAQAMLAR – KORRUPSIYASIZ!

Endilikda avtoraqamlar korrupsiyaning oldini oliş maqsadida maxsus elektron tizim orqali inson omilining aralaşuvisiz töliq avtomatik tarzda tanlaş orqali taqdim etiladi.

Har bir röyxatdan ötkazilgan raqamlar Markaz binosidagi yirik interaktiv ekranda oçiq körinişda aks ettiriladi va real vaqt rejimida yangilanib boriladi.

Xuddi şuningdek, auksion orqali beriladigan avtoraqamlar toifasiga kirmaydigan ayrim xaridorgir raqamlarni (jumladan, “közgu” şaklidagi, masalan 212, 343, 717 vahokazo) orttirilgan stavkada taqdim etiş nazarda tutilmoqda.

Yaʼni, fuqaro xaridorgir raqam uçun EKIH 1 baravari miqdoridagi qöşimça tölov amalga oşirsa, unga 1X1 – 9X9 toifadagi közgusimon raqamlardan (jami 72 ta) biri inson omilining aralaşuvisiz elektron tizim orqali tanlab beriladi.

Loyiha 28-aprelgaça muhokama qilinadi, öz takliflaringizni bildirişingiz mumkin.

Manba: @davxizmat

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek