Farmatsevtika tarmoğini rivojlantirişdagi yangi tartib
Ekspert Aziza Umarova öz Telegram kanalida «2019-2021-yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmoğini yanada jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident Farmoni böyiça quyidagi fikrlarni bildiribdi:
«Mahalliy kompaniyalar 1-iyuldan boşlab dori vositalarining xarid qilinişida yetakçi ahamiyatga ega böladi – buyurtmaçi agar mahalliy kompaniyalarda uşbu dori vositalarining muqobili mavjud bölsa, xorijiy dori vositalarini yetkazib berilişining barça murojaatlarini rad etişga majbur böladi.
———-
Bundan oddiy insonlar dorilarimizning yomon sifatidan tuzala olmay zarar köradi. Hind dorilarining qadolaş va işlab çiqariş uçun kuçimiz yetadi. Uzimizda na biotexnologiya, na kaşfiyot va na fanga talab qilinadigançalik köp aql talab qilinadi.
Natijada esa bunda alohida farmkompaniyalar mablağ işlab topişadi. Budjet mablağlari esa çiroyli yöl bilan özlaştirib olinadi. Bu lobbizm, turgan-bitgani kaltafahmlik. Faqat yoş bolagina buni tuşunmasligi mumkin...», - deya fikrini yakunlagan Aziza Umarova.
P.S.: 2 oylar oldin qattiq şamollab qoldim va şifokorga bordim. Şifokor davolaniş uçun dorilar yozib bera turib, «Iltimos, faqat aptekaga kirib, falon dorini albatta xorijnikini sörang, ölar holatda bölsangiz ham özimizniki olmang, özimizda işlab çiqarilganlarning hammasi allergiya çaqiradi, davolamaydi, aksinça öldiradi» deya qattiq taʼkidladi. Va xuddi şu dorining özimizda işlab çiqarilganlarini qabul qilib, ahvoli battar yomonlaşgan bir neça insonlardan misol aytib berdi.
Buyoqda esa - syurpriiiiiiz... Boş omon bölsa, bir gap bölar.
👉 @xushnudbek 👈


