Birinçi blogerlar çempionati taqdirloviga 5 yil töldi

Matn12-aprel, 2019, 21:472 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Bugun ilk blogerlar çempionati ğoliblari taqdirlanganiga 5 yil töldi

Bundan 5 yil oldin Özbekistonda birinçi marta blogerlar çempionatini taşkil qilgan edik. Kunlarning birida Feysbukdagi muhokamalar çoğida, blogerlar çempionati haqida gap ketdi va köp öylab ötirmasdan tavakkaliga boşlab yubordim. Şunçaki 5-6 nafar insonlar örtaga pul taşlab, kiçikroq sovrin jamğarmasi taşkil qilgandik.

Ilk çempionat uçun http://uzbloggerlar.blogspot.com manzilida alohida platforma yaratuvdim, alohida sayt qilişga pulimiz, vaqtimiz hamda imkonimiz yöq edi.

Va kutilmaganda çempionatda naq 116 nafar iştirokçi qatnaşgan. 2014-yili hali söz erkinligi bugungidek aktual bölib ulgurmagan paytlarda rosa zör postlar yozilgan edi. Yuqoridagi blogda öşa blogpostlar haligaça saqlanib qolgan, vaqt bölganda kirib öqişingiz mumkin.

Boşlanişiga 4 nafar hakamlar blogpostlarni baholaşgandi: Qahramon Aslanov (Telegramdagi kanali - @iqtiboslar), Tölqin Yusupov, Qobil Xidirov hamda men.

Öşa ilk çempionatning ğolibi maşhur bloger Muhrim Aʼzamxöjayev bölgandi (hozir Telegramda ham @muhrim kanalida yaxşi narsalar yozib turadi).

2-örinni öşa paytda AQŞda istiqomat qilayotgan Inoyat Hon opamiz (eski bloglari öçib ketibdi, hozir @mattersuz kanalida yozib turadilar) egallagandi.

3-örin qöşni Qirğiziston fuqarosi, lekin özbek tilida blog yuritadigan Şermuhammad Abduğofurovga nasib qilgandi (shermuhammad.com blogi hozir işlamayapti ekan).

Sovrin jamğarmasi esa kamtarano bölgandi:

1-örin: 1 million söm va UzInfoCom’dan bir yilga tekin domen hamda 500 mb xosting;

2-örin: 200 ming söm, "Sony Reader e-Ink technology" elektron kitoblarni öqiş qurilamasi (BookReader) va 8 GB hajmli fleşka;

3-örin: 150 ming söm va 16 GB hajmli fleşka.

Taqdirlaş marosimi 2014-yil 12-aprel kuni UzInfoCom binosida 10-15 kişi iştirokida oddiygina bölib ötgandi.

Keyinçalik ikkinçi va uçinçi blogerlar çempionatlari ham taşkil qilindi. Sovrinlar katta, iştirokçilar ham köp, alohida sayt, davlat taşkilotlarining eʼtibori ham zör, taqdirlaş marosimlari dabdabali böldi.

Lekin şunday bölsa-da, haligaça öşa “davay-davay” bilan tavakkaliga boşlanib ketgan 1-çempionat men uçun ança qadrli. Va ança samimiy ötgan edi. Birinçi muhabbatim dermidi ))

Xullas, şunaqa gaplar. Feysbukda rasm çiqib, eslatib yuborgani uçun bir yozgim keldida.

Suratda Muhrim Aʼzamxöjayev hakam ğoliblik diplomini olyapti. Esdalik uçun diplomlar ham qiluvdik, garçi heç kim na imzo, na muhr qöymagan bölsa ham.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek