Blogerlar çempionati taqdirlaş marosimi tafsilotlari

Matn16-iyun, 2018, 10:511 daqiqa0 koʻrish

​​Blogerlar çempionatining özi bir qiziq böldi, uning taqdirlaş marosimi undan ham qiziq voqealarga boy böldi.

Masalan, Şukurjon Islomovning şov-şuvlarga sabab bölgan "Nima(ga) kerak maʼnaviyat?" nomli blogposti (http://blog.xabar.uz/post/nima-ga-kerak-ma-naviyat) yakunda maxsus nominatsiya bilan taqdirlandi. Uni kim taqdirladi, deng? Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, deputat Alişer Qodirovning şaxsan özlari markaz nomidan sovğa bilan taqdirladi. "Biz Sizning uşbu blogpostingizni maroq bilan öqib çiqdik" degan payti butun yiğilganlarning beixtiyor yuzlariga tabassum yugurib, kulgu aralaş qarsak çalib yuborişdi )))

Xullas, yakunda maʼnaviyatçilarni keskin tanqid qilgan bloger va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi örtasida döstlik ğalaba qozondi. Biz şundan xursandmiz. Rasmiy taşkilotlar konstruktiv tanqidlarni ijobiy qabul qiladigan zamonlarga yaqinlaşyapmiz, örtoqlar.

Suratda: Şukurjon Islomov va Alişer Qodirov

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek