Ijtimoiy tarmoqlardagi 1 mlrd sömlik jarima sababi
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd 13 mln söm jarimaga tortiş haqidagi mana bu surat aylanib yuribdi. Köpçilik buni fotoşop bölsa kerak, deyapti. Yöq, menimça bu fotoşop emas.
Unda 1 mlrd jarima soliş mumkinmi, dersiz. Yöq, eng oğir jinoyatlarni sodir qilganda ham maksimum EKIH 600 baravar jarima soliş mumkin (hozirgi kunda 121 mln 638 ming söm).
Iya, unda gap nimada? Bu raqamlar qayerdan kelib qoldi?
Hammasi oddiy. Texnik xatolik bölgan. Tuşuntirişga harakat qilaman.
Haydovçi sodir etgan qoidabuzarlik MJtKning 128-moddasi 1-qismi bilan malakalangan. Uşbu band böyiça EKIH ikkidan bir qismi (yarim minimalka) miqdorida jarima solişga sabab böladi. Bizda EKIH – 202 ming 730 söm. Buning yarmi 101 365 söm böladi.
Endi rasmdagi jarima miqdoriga qarang: 1 013 652 019.
Demak, oddiy mantiqni işlating va javobni osongina toping. Topdingizmi?
Ha, töğri fahmladingiz, YPH inspektori 101 365 söm jarima miqdoridan keyin 2019 deya yilni ham yozvoribdi. Öşançun jarima miqdori 1 mlrd bölib ketgan.
Unda qavs içidagi söz bilan yozilgan jarimaçi, deysizmi? Bu avtomatik dastur, tizimga qaysi raqamni kiritsangiz, uni söz bilan yozib taşlaydi (“summa propisyu” deyiladi).
Öşa haydovçiga endi nima böladi, deysizmi? Heç narsa, u qonunda belgilangan 101 ming 365 söm jarimani tölaydi, undan 1 söm ham köp emas. Balki IIB uyalganidan jarimadan voz keçvorar, yoki öşa xatoni qilgan inspektor tölavorar, kim bilsin yana 😂
👉 @xushnudbek 👈

