Elektron raqamli imzo oliş böyiça tavsiyalar

Matn12-aprel, 2019, 14:011 daqiqa2 koʻrishtahrirlangan

​​​​Elektron imzo olib qöying, kerak böladi

Öşa kuni «INPS va INN raqamlarini internetdan qanday biliş mumkin?» degan post eʼlon qilgandim.

Şu postda "My.gov.uz portali orqali INPS oçiş uçun ariza berişga elektron imzo talab etilmaydi" degan fakt aytilgandi.

Lekin şundan söng 2-3 kişi aytilgan manzildan ariza bermoqçi bölişganida elektron imzo talab qilinayotganligini maʼlum qildi.

Rostini aytsam, INPSim borligi uçun özim bu funksiyani tekşirib köra olmagandim, lekin Yagona portaldagi maʼlumotlarga qarab postni yozgandim. Rasmga eʼtibor bersangiz, ERI talab etiladigan davlat xizmatlari alohida qayd etilgan. INPS uçun hisobga qöyiş xizmatiga esa ERI kerakligi yozilmagandi.

Nima uçun elektron imzo söraşayotganini aniq bilmadim. Lekin bir narsa, özingiz uçun ERI olib qöyişni tavsiya qilaman, bunga ERInmang. Çunki jamiyatimiz zamonaviylaşib borayotgan bir paytda elektron imzo köp jabhalarda kerak böladi.

ERI oliş uçun 15 daqiqa ham vaqt ketmaydi, istalgan davlat xizmatlari markazlariga pasportingiz bilan borsangiz kifoya. Taxminan 18 ming söm atrofida pulingiz ketadi. Atigi şu. Ibtidoiy usullardan voz keçib, davlat xizmatlaridan elektron foydalanişni boşlang, bu har tomonlama qulay.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek