Uy sotib olişda elektron davlat xizmatlaridan foydalaniş
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0❗️Uy olayotganlar diqqatiga: zamonaviy böling, özingizni ortiqça qiynamang
Şu kunlarda propiska oçilgani munosabati bilan juda köpçilik uy sotib olmoqda. Bu yoki yangi uylar yoki birovlarning nomida turgan özining uyi.
Va öz-özidan baʼzan notariuslarda navbatlar haqida eşitib qolyapman. Yoxud mulk soliği va kommunal tölovlardan qarzdorligi borligini notariusga borganda bilib qolib, qayerda tölasam ekan deb ovora bölayotganlar ham uçrab turibdi.
Şu sababli Sizlarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanişni tavsiya qilaman. Axir yaratilgan imkoniyatdan foydalanişni ham biliş kerak-da! Boz ustiga karantin şaroitida köçada yurgandan köra, onlayn barçasini osongina hal qilganingiz soğliğingiz uçun xavfsizroq ham böladi. Bular quyidagilar:
1️⃣. Köçmas mulkni hadya etiş yoki ayirboşlaş hamda oldi-sotdi böyiça murojaat yöllaş
https://my.gov.uz/uz/service/25
Bu juda zör xizmat. Siz uşbu sahifa orqali notariusda körsatiladigan xizmatni deyarli 80%ini özingiz onlayn osongina amalga oşirsangiz böladi. Agar mol-mulkda qarz bölsa yoki taqiq bölsa, bu haqda maʼlumot beriladi. Qarzlarni onlayn tölasangiz ham böladi.
Notarial harakatni amalga oşiriş imkoni bölsa, Sizga maxsus kod beradi. Öşa kod bilan notariusga borsangiz, işingiz juda va juda tez bitadi. Batafsil jarayon pastdagi videoda körsatilgan.
Eng asosiysi uşbu xizmat mutlaqo bepul. Agar notariusni özida qilsangiz, pul tölaşingizga töğri keladi.
Elektron imzo talab etilmaydi.
== • == • == • == • ==
2️⃣. Notarius qabuliga yoziliş
https://my.gov.uz/uz/service/32
Bu ham zör xizmatlardan biri. Issiqda soatlab navbatda turmaysiz, tumanni va notariusni özingiz tanlaysiz, kuni hamda vaqtini belgilab, onlayn qabulga yozilasiz. Aytilgan vaqtda borasiz va navbat qança bölişidan qatʼi nazar, notarius avval Sizni qabul qiladi. Boşqaça aytganda bu “jivoy navbat” payti navbatdan taşqari kirişning zamonaviy usuli.
Uy-joy oldi-sotdi qiliş uçun kadastr raqami, nikoh guvohnomasi hamda xaridorning maʼlumotlarini oldindan kiritib qöysangiz, işingiz yanada oson va silliq bitadi.
Özi umuman bizda ham xuddi rivojlangan davlatlarda bölgani kabi nafaqat notarius, balki boşqa joylarga ham (masalan, şifokor qabuliga) oldindan onlayn navbatga yozdirib, keyin borişga sekin-asta örganişimiz kerak.
Xizmat bepul.
Elektron imzo talab etilmaydi.
== • == • == • == • ==
3️⃣. Köçmas mulk obyektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişga ariza yuboriş
https://my.gov.uz/ru/service/248
Uy oldi-sotdi bölgandan keyin uni kadastr organlaridan röyxatdan ötkaziş kerak böladi. Buning uçun ham kadastr organlariga boriş şart emas, onlayn ariza yuborasiz, maʼlum muddat içida körib çiqilib, elektron guvohnoma olasiz.
Elektron imzo talab etilmaydi.
== • == • == • == • ==
4️⃣. Kadastr pasportini şakllantiriş
https://my.gov.uz/uz/service/294
Agar uyning kadastr hujjatlari yöqolgan bölsa, unda uşbu xizmat orqali kadastr pasportini şakllantiriş uçun onlayn ariza yuborişingiz mumkin.
Belgilangan tölov mavjud, onlayn tölasa böladi.
Elektron imzo talab etilmaydi.
== • == • == • == • ==
5️⃣. Elektron raqamli imzoni onlayn oliş
https://e-imzo.uz/
Aslida aksariyat davlat xizmatlari uçun ERI talab etilmaydi. Ammo mabodo Sizga ERI kerak bölib qolsa, unda osongina onlayn olişingiz mumkin. Buning uçun faqat pasportingizni uşlab rasmga tuşib yuborsangiz böldi. Taxminan 1 soat içida ERIni uydan çiqmasdan olişingiz mumkin.
Xizmat pulli – 15 ming 610 söm. Onlayn tölaş imkoni bor.
== • == • == • == • ==
Şuningdek, quyidagi xizmatlar ham kerak bölib qolişi mumkin:
• Ijro hujjati böyiça qarzdorlikni tekşiriş
• Köçmas mulk va yer soliğidan qarzdorlikni tekşiriş
• Kommunal tölovlardan qarzdorlikni tekşiriş
Qissadan hissa şuki, zamonaviy imkoniyatlardan foydalanişni örganing. Buning ortidan ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaysiz, ortiqça asabbuzarlikka yöliqmaysiz, kimlarningdir eşigida diqqat bölib kutmaysiz, xullas imkoniyat bormi, nima uçun undan foydalanmasligingiz kerak? A, labbay?
👉 @xushnudbek 👈




