Frilans orqali daromad topish imkoniyatlari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Manba:Sherzod Shermatov

Frilans sifatida ishlayotgan yoshlarimizni ko‘paytirish bo‘yicha tashabbusni boshlaganimizda o‘zimning qizim ham upwork.com orqali ro‘yxatdan o‘tib, Payoneer kartasini olish uchun maʼlumotlarni to‘ldirgan ekan, bugun kelibdi (tekinga, hech qanday to‘lovlarsiz). Mana, pandemiya sharoitida internet orqali o‘z halol mehnati bilan qo‘shimcha daromad topish uchun hech qanday sunʼiy to‘siq yo‘qligiga yana bir bor ishonch xosil qildim.

Eng asosiy masala, internetda vaqtni bekor o‘tkazmasdan, o‘z ustida ishlab, harakat qilish kerak.

O‘rganish uchun, internetda juda resurslar ko‘p. O‘zbek tilida esa IT-Park ham yoshlarimizni internet orqali qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan yaxshi videodarslarni o‘z kanalida qo‘yib bormoqda (TASIX): https://mover.uz/channel/it-center/

Prezidentimiz tomonidan maktab bitiruvchilariga frilans orqali daromad topishga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, jumladan ularni maqsadli o‘qitishga qaratilgan tegishli qaror loyihasi tayyorlash topshirilgan. Uning loyihasini ham ertaga muhokama uchun eʼlon qilamiz.

PS. Internetda birovni g‘iybat qilish uchun sarflangan shuncha vaqtni to‘g‘ri yo‘nalishga qaratilsa juda yaxshi ish bo‘lar edi. Ham oilaga daromad, ham davlat iqtisodiyotiga qo‘shimcha tushum va eksport. Batafsil: https://bit.ly/3gpUyD0

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek