Böka tumani hokimi örinbosari jarimaga tortildi
Toşkent viloyatida maktab direktorlariga tazyiq ötkazgan hokim örinbosari jarimaga tortildi
Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinişiça, 19-aprel kuni Böka tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Anvar Xontörayev 12-maktab direktori M.Xakimovaning öz vaqtida tomorqa böyiça aholini xatlov qilmaganligi uçun uning kasbiy faoliyatiga asossiz aralaşib, unga tazyiq ötkazib, barçani oldida izza qilib, şaʼni va qadr-qimmatini kamsitib, huquqlarini poymol etib undan tuman hokimi nomiga tuşuntiriş xati va joriy yilning 20-aprel kunidan işdan böşaş töğrisida arizasini olgan.
Bundan taşqari, 6–7-may kunlari Xontörayev tumanda faoliyat yuritayotgan 15, 16, 18, 24, 50-umumtaʼlim maktablari direktorlariga tazyiq ötkazib, tuman markazidagi «Yoşlar maydoni»ga direktorlar va xöjalik işlari böyiça örinbosarlarini, yaʼni 25 kişini maydonda ösgan ötlarni öriş kabi majburiy mehnatga jalb qilgan.
Xalq taʼlimi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati aralaşuvi bilan Anvar Xontörayevning qonunçilikka zid harakatlari yuzasidan töplangan hujjatlarga 15-may kuni Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasiga yuborilgan.
Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatlarni qonuniy örganib çiqib, hokim örinbosarini xalq taʼlimi muassasalari faoliyatiga asossiz aralaşgani, pedagog kadrlarning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitib, ularni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qilgani uçun 22,3 million söm jarimaga tortgan.
👉 @xushnudbek 👈

