Izboskanda öqituvçilarni majburlagan direktor jarimaga tortildi
Izboskan tumanida öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jarimaga tortildi
Mehnat vazirligining xabar berişiça, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, majburiy mehnat holati tasdiqlandi. Andijon viloyati Izboskan tumani 7-sonli maktab direktori A.Urmonov Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 51-moddasi böyiça maʼmuriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi.
«Agar majburiy mehnat holatlariga duç kelsangiz, 71-200-06-00 telefon raqamlari yoki @mehnathuquqbot telegram boti orqali bizlarga xabar bering», - deyiladi bayonotda.
Maʼlumot uçun: MJtK, 51-modda. Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlov
Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mehnatga biron bir şaklda maʼmuriy tarzda majburlaş —
eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
👉 @xushnudbek 👈

