Öquvçilarni kaltaklaş va ota-onalarning tarbiyaga qaraşi

Matn16-aprel, 2019, 18:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öquvçilarni kaltaklaşni yoqlamayman. Har qanday vaziyatda ham. Urib öqitiş - eski zamonning sarqit usuli. Boşqa narsa emas.

Lekin masalaning boşqa jihatiga eʼtibor qaratmoqçiman.

Biz ham maktabda öqib yurgan paytlarimiz köp kaltak yeganmiz. Ayniqsa, men şöx va töpolonçi bölganman. Köpinça darslarda gap qöşib, öqituvçilarga doim xalaqit berib ötirardim. Va şunga yaraşa ayrim vaziyatlarda haqimni “yeganman” ham. Ammo kaltak yegan paytlarimizda na men, na sinfdoşlarimdan birortasi ota-onamizni çaqirib kelganimizni eslay olmayman. Nimaga?

Çunki, özimdan misol qilib aytsam, ota-onam heç qaçon mening yonimni olişmasligini yaxşi bilardim. Hatto aybim bölmasa ham, öşa vaziyatda men haq bölsam ham, baribir ota-onam özimni aybdor qilişardi. «Ustozing bekordan bekorga bunday qilmaydi, özingdan ötgani aniq» deyişardi. Natijada öqituvçimniki yetmaganday, qöşimçasiga ayamdan ham beayov kaltak yerdim (dadam heç qaçon qöl kötarmagan).

Şuning uçun biror marta şikoyat qilmaganman. Sinfdoşlarim ham xuddi şu sababdan yegan kaltaklarini uydagilarga aytişmasdi, aybdorlik hissi qörquvga aylanib ketardi. Maktabimizga kimningdir ota-onasi kelib, «nega bolamni urdingiz» deb janjal qilib kelganini sira eslolmayman.

Yana qaytaraman, öquvçilarni urişga mutloq qarşiman.

Şunçaki yillar ötgani sayin ota-onalarning farzand tarbiyasiga bölgan qaraşlari özgarib ketyapti, demoqçi edim xolos. Barça aybni özgalardan qidirib, bolasini farişta deydiganlar davri kelyaptimi, deymanda.

Sizningçi bu yaxşimi yoki yomon?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek