Öqituvçi va öquvçi örtasidagi nizoli vaziyat muhokamasi

Video20-aprel, 2019, 14:284 daqiqa0 koʻrish

Bu videoni albatta köring!

Ilgari faqat tanganing bir tomoni körilardi, yaʼni nizoli vaziyatda öqituvçilar mutloq aybdor, lekin «bollarda ayb yöq» edi. Bu safar kutilmaganda tanganing ikkinçi tomoniga ham eʼtibor qaratilibdi. Yaʼni nizoli vaziyatda öquvçi va ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi.

Videoni körib, öquvçining onasiga ming rahmatlar aytgim keldi. Poyiga taʼzim qilib, «şunaqa pozitsiyada bölganingiz, şu fikrlarni jamoat oldida xijolat bölmasdan, uyalmasdan ayta olganingiz uçun umringizdan baraka toping, farzandlaringizning rohatini köring» degim keldi.

Ularning siymosida xuddi özimning ayajonimni kördim. Haliyam videodagi opamiz farzandiga ança muloyim gapirar ekanlar. Vay-vay, agar şunaqa holatda men aybdor bölib qolsam bormi, tasavvur qilişga ham qörqaman 😊

Nima bölsa ham, voqealar rivoji mana şunday yakunlanganidan xursandman. Tarbiya biz uçun yo hayot, yo mamot, yoki.. Uyoğini bilasiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek