Öqituvçilardan ota-onalarga hazilomuz eslatma
Feysbukdan olindi:
«Ota-onalarga eslatma!
Hurmatli ota-onalar. Farzandlaringiz taʼtilda yaxşi dam olişlari uçun maktabdagi kabi qulay şaroit yaratib bering. Masalan, farzandingiz oyoq kiyimi izlarini devorlarga tuşira olsin, xontaxta yoki javonlarga mehmon kutadigan stollaringizga öyib sevgani yoki yomon körgan odamining ismini yoza olsin. Kirgan uylarida çiroqlarni bemalol yoniq qoldirsin. Yegan va içgan narsasining qoldiği qoğozlarini istagan yeriga taşlasin, bor ovozi bilan istagan gapini gapirsin. Eng muhimi siz ovozingizni çiqarib yoki qöl bilan jazolamang. Aks holda bu bola psixologiyasiga taʼsir qilişi mumkin.
Toki uç oy içida bolalarimiz maktabda qiladigan işlarini esdan çiqarib qöymasinlar. Sizga ikkitagina yoki nari borsa törttagina bolamizni uç oyginaga omonat qoldiryapmiz. Keyin 1400 ta bolamizni özimiz 9 oy eplab olamiz sizlarni aralaştirmasdan»
(Öqituvçilar yaxşi tuşunsa kerak)
👉 @xushnudbek 👈
- 😢 1
