Maktab formasi va taʼlimdagi muammolar muhokamasi
Muhrim öz kanalida yozyapti:
«Umuman olganda, yagona forma — juda qiziq mavzu. Ikki yil avval: «Maktabda hammani iloji boriça bir xil kiyintira bilişimiz kerak», — deyilgan edi, şundan söng harakat boşlangandi. Yaqinda: «Majburiy forma talab qilinişiga hali erta deb öylaymiz», — degan bayonot berildi. Ğirt boşqotirma vaziyat (ayniqsa, forma masalasidagi gaplar boşlanişidan avval xalq taʼlimi tizimidan uzoqda bölgan vazir Şermatov uçun), şunday emasmi? Undan ham boşqotirmaroq vaziyat bor.
Mana, boş vazirga Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi oçib berildi. Heç kim yeçolmagan muammoni boş vazir hal qilişi kerak. Yaqinda çiqqan bayonotdan söng yagona maktab formasi 2019-yildan majburiy bölmasligi ham, forma tikişni boşlab qöygan ayrim tadbirkorlar (jiddiy) zarar körişi ham aniq böldi. Tadbirkorlar boş vazir qabulxonasiga çiqqan, boş vazir esa qöl ostidagi masʼul (Şermatov)ga muammoni hal qiliş haqida topşiriq bergan, tuşunişimiz böyiça.
Qiziği, bu muammo hal bölişi, tadbirkorlar baxtiyor bölişi uçun forma, ötgan yili aytilganidek, majburiy bölişi kerak (yöqsa, hali sentabrda: «Maktabda majburiy ravişda forma sotişyapti, direktor olmaganingga qöymayman, deyapti», degan gaplar boşlanadi, xuddi maktablarda konsertlarga çipta sotiş voqealaridagidek). Xullas, atrofimizda mana şunaqa boşqotirmalar. Va bu boşqotirmalarga vazir Şermatov, menimça, özi xohlamay, hatto özi bexabar aralaşib qolgan (agar boşidan xalq taʼlimiga özi rahbar bölganida, menimça, forma haqidagi gaplar yaqin uç-tört yilda kötarilmagan ham, çiqmagan ham bölardi).
UPD. Bu — vazir Şermatovni forma masalasida qattiq tanqid qilib taşlaş insofdan emasligi haqida post edi. «Elitniy» maktablarga ayrim öquvçilarni pul evaziga qabul qiliş haqidagi qaror böyiça esa vazir bilan bahslaşiş mumkin, lekin könglingni bir çetida bu masalada ham uni tuşunging keladi — vazir bir özi maktablardagi korrupsiyani yöq qila olmaydi, korrupsiyaga qarşi kuraşişi kerak bölgan ayrim vallomatlarning maktab direktorlariga «yöq deb bölmaydi»gan iltimosli (baʼzan buyruqli) qönğiroqlariga qarşi kuraşa olmaydi. Buyam bir post uçun alohida mavzu, sal kengaytirib yozmasa, notöğri talqinlar ketişi mumkin».
Post tugadi.
P.S.: forma masalasida ham, Toşkentdagi ayrim maktablarning ayrim şaxslar uçun tölov evaziga öquvçi qabul qilişi masalasida ham öz fikrlarim bor, ammo ularni yozişga sira vaqt bölmayapti. Yozaman deb niyat qilgan 30 ga yaqin mavzu kabi navbat kutmoqda. Muhrimning fikrlari pozitsiyamga ayni öxşaşligi uçun ulaşib qöya qoldim.
👉 @xushnudbek 👈
