Özbekiston Milliy universiteti faoliyatiga oid qaror

Matn18-iyun, 2019, 21:581 daqiqa0 koʻrish

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Milliy universitetiga oid qarorni imzoladi.

Qarorda dastlab ÖzMU faoliyati jiddiy tanqid ostiga olingan, jumladan 10 ta yirik, tizimli kamçiliklar sanab ötilgan.

Öz navbatida kelgusida qilinişi kerak bölgan köplab vazifalar ham belgilangan.

👉 Quyidagilar taşkil qilinadi:

• 2019/2020 öquv yilidan boşlab – muhandislik matematikasi, kompyuter fanlari va texnologik menejment yönalişlari böyiça Özbekiston – Isroil fakulteti;
• 2020/2021 öquv yilidan boşlab va keyingi yillarda – “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar”, “Biofizika va muhandislik tadqiqotlari”, “Fundamental tibbiyot va biokimyo” fakultetlari.

👉 S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey “tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslaştirilgan S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi etib qayta taşkil etiladi;

👉 2021/2022 öquv yilidan boşlab esa akademik litsey S.Sirojiddinov nomidagi respublika gimnaziyasiga aylantiriladi va uning bitiruvçilari ÖzMUning tegişli fakultetlariga töğridan-töğri qabul qilinadi.

Faqat ÖzMU emas, balki barçaga taalluqli yana bir jihat:

👉 taʼlim va ilm-fan sohasidagi barça davlat taşkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanayotgan xodimlarning oylik iş haqiga 2019-yil 1-sentabrdan boşlab budjet mablağlari hisobiga – fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bölgan xodimlarga 30 foizgaça, fan doktori (Doctor of Science) darajasiga ega bölgan xodimlarga 60 foizgaça qöşimça haq tölaş tartibi yölga qöyiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Qarorning batafsil matni bilan quyida tanişişingiz mumkin:
http://uza.uz/oz/documents/2019-2023-yillarda-mirzo-ulu-bek-nomidagi-zbekiston-milliy-u-18-06-2019

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek