Talabalar uchun kontrakt to‘lashning yangi tartibi
⚡️ Talabalar uçun:
2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-sonli Prezident qaroriga asosan:
tölov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan barça bosqiç talabalariga, öz xohişlariga köra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz şaklda tölaş huquqi beriladi.
Hozirça buning tartibi işlab çiqilmagan, yaʼni stipendiyasiz şaklda kontrakt tölayotgan talaba qaysi qiymatdagi (3, 4 yoki 5lik) stipendiyani çegirib qoliş huquqiga ega, özi olayotgan qiymatda böladimi yoki hamma uçun umumiy bir xil miqdor belgilanadimi, bunisi hozirça maʼlum emas.
Yangi öquv yili boşlangunga qadar uşbu tartib tasdiqlanib qolsa kerak va şunda yana batafsil maʼlumot berişga harakat qilamiz.
P.S.: Xuddi şu tizim haqida ötgan yili taklif berib, tahliliy maqola yozgan edim - https://t.me/xushnudbek/640
Takliflar amaliyotga joriy etilayotganidan xursandman.
👉 @xushnudbek 👈
