Masofaviy taʼlim va kontrakt tölovi böyiça savollarga javob
⚡️ Masofaviy taʼlim bölayotgani uçun kontrakt summasi kamayadimi? Talabalar uçun ayrim savollarga javoblar
Kun.uz muxbiri Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari bilan suhbatlaşdi va ayrim savollarga javoblar oldi. Jumladan:
👉 2-yarim yillik uçun kontrakt tölaş muddatini uzaytiriş böyiça vakolat rektorlarning öziga berilgan. Talaba karantin vaqtida kontrakt tölamaganligi uçun talabalar safidan çiqarilmaydi. Kontraktni uydan çiqmasdan onlayn tarzda tölaş imkoniyati ham bor;
👉 masofaviy taʼlim olişga imkoniyati yöq talabalarga qayta imkoniyat beriladi, uşbu darslarda qatnaşolmagan yoki uni özlaştirolmagan talabalar kursdan-kursga qoldirilişi yoki talabalar safidan çetlaştirilişi mumkin emas. Internet yoki boşqa texnik sabab bilan qatnaşa olmagan talabalarga karantin muddati tugaşiga qarab öquv yili oxirida yoki yozgi muddatda grafik asosida fanlarni özlaştirişga imkoniyat beriladi;
👉 bitiruvçi talabalardan bitiruv malakaviy işi örniga mutaxassislik fanlardan onlayn test şaklida yakuniy davlat imtihonlari olinadi. Onlayn test topşiriş imkoniyati yöq talabalarga karantin muddati tugagaç yakuniy bitiruv malakaviy işi yoki imtihonni topşirişga imkon beriladi;
👉 bu yildan boşlab magistrlik dissertatsiyalari ham elektron şaklda taqdim etiladi. Bunda ilmiy rahbar öz taqrizlarini ham elekton şaklda taqdim etadi. Hozirgi holatda topşiriqlarni qoğoz variantda söraş mantiqsiz va aqlsiz iş;
❗️ hozirça tölov-kontrakt summasini kamaytiriş masalasi körilmayapti. Çunki talabalarni öqitiş xarajatlari deyarli özgargani yöq. Talabalar ikki oy universitetda bölmagani uçun kommunal xarajatlar kamayadi, lekin bu talabalarni öqitiş qiymatini kamaytirişga asos bölmaydi. Sababi masofaviy taʼlim joriy qiliş uçun xarajatlar sarflanmoqda. Şundoq ham bazaviy kontrakt miqdori öqitiş xarajatining 68 foizinigina qoplaydi.
👉 karantin davrida stipendiya tölanişi lozim bölgan talabalarga stipendiya tölanyapti. Masalan, mart oyi stipendiyalari yoppasiga tölandi. Aprel oyi stipendiyalarini tölaş 15-apreldan boşlandi va u ham deyarli yakunlandi. Agar stipendiya böyiça kimdadir individual muammo yuzaga bölgan bölsa, vazirlikka murojaat qilişlari söraladi.
👉 @xushnudbek 👈

