Rasmiy xabarga işongan fuqarolarda nima ayb
Rasmiy xabarga işongan fuqarolarda nima ayb?
25-mart kuni Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi özining rasmiy sahifalarida «Diqqat! Rasmiy xabar!» degan sarlavha bilan bir xabar tarqatgan edi.
Uşbu xabarda 24-martdan boşlab Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining texnik körikdan ötkaziş bölimida fuqarolar qabuli vaqtinça töxtatilganini hamda belgilangan muddatlarda maşinalarini texnik körikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtinça maʼmuriy çoralar körilmasligini RASMAN eʼlon qilişgan edi.
Ammo keça bölib ötgan brifingda fuqaroning stikeri bölsa ham, lekin 10-aprelda texnik körik muddati tugaganligi sababli, fuqaroning maşinasi jarima maydoniga qöyilganini maʼlum qilişdi.
«Şuning uçun bilib qöying, stiker Sizga karantin davomida harakatlaniş ruxsatini bergani bilan, boşqa hujjatlaringiz töliq bölmasa, Siz jarimaga tortilasiz» deya taʼkidlandi .
Endi menda mutasaddilarga 2 ta savol bor:
1) IIV YHXBBning rasmiy (!) xabarida "texnik körik muddati ötganlarga maʼmuriy çora qöllamaymiz" deya aytilganiga işonib, köçaga çiqqan fuqaroda nima ayb? Texnik körikdan ötmaganlarga jarima qöllanmasligini biz emas, vazirlikning özi aytgan ediku?
2) karantin tufayli agar texnik körikdan ötkaziş xizmatini rasmiylarning özlari töxtatib qöygan bölsa, unda texnik muddati kelgan fuqarolar nima qilişi kerak? Özimiz texnik körikdan ötkazişni töxtatib, yana özimiz jarima qöllasak, mantiqsizlik bölmasmikin?
Izoh-1: «köçada yurmasdan, uyida ötirsin» deyişingiz ham mumkin, lekin gap şunçaki köçada aylanib yurganlar haqida emas, aynan stikeri bor, yaʼni rasman avtotransport vositasini boşqarişga ruxsat berilgan şaxslar haqida ketayotganini unutib qöymaylik.
Izoh-2: 23-mart sanasidan pasport, yaşaş guvohnomasi oliş, almaştiriş, propiskani rasmiylaştiriş, viza va yaşaş guvohnomasi muddatini uzaytiriş böyiça Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmatlariga murojaat qila olmagan şaxslar pasport tizimi va böliş qoidasini buzgan deb hisoblanmaydi, deb rasman eʼlon qilingan edi. Agar hozirgi analogiyadan kelib çiqsak, pasport muddati ötgan yoki vaqtinçalik propiskasi tugaganlarga amalda baribir jarima qöllaşmasmikin?
👉 @xushnudbek 👈
