Davlat xizmatlari agentligi stikerlar haqidagi xabarga munosabat bildirdi
❗️Davlat xizmatlari agentligining munosabati:
Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat xizmatlari markazlarida maxsus ruxsatnoma beriş 1-aprelga qadar talab etilmasligi haqidagi eʼlon joylaştirilganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur eʼlon rasmiy asosga ega emas. Hozirda uşbu eʼlon Markazlardan olib taşlangan.
Sohaga oid özgariş mavjud bölgan taqdirda, bu haqida maʼlumot rasmiy sahifalarimizga joylaştiriladi.
⁉️ Bizning munosabatimiz:
Agar bunaqa eʼlonlar rasmiy asosga ega bölmasa, unda nima uçun davlat xizmatlari markaziga bunaqa eʼlon ilib, xalqni çalğitişadi? Davlat idorasi katta xolasining uyimi, xohlagan eʼlonni avval ilib, keyin olib taşlaydigan? Avval konkret aniqlaştirilib, hamma idoralar bilan kelişilib, keyin qilinişi kerak emasmi bunaqa işlar?
‼️ XULOSA:
Mayli, har nima bölganda ham unutmang, bugundan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida, şuningdek viloyatlararo qatnovlarda avtotransport vositalarining harakati çeklangan. Maxsus stiker olmasdan yoki istisno röyxatiga kirmasdan, maşinangizda köçaga çiqmang. Yöqsa jarima solişadi!
Stiker oliş uçun onlayn ariza yuboriş mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/335
👉 @xushnudbek 👈

