Yirik soliq tölovçilar xodimlariga stiker beriladi
⚡️Yirik soliq tölovçilarning xodimlariga stiker beriladi
Davlat soliq qömitasi karantin davrida korxonalar işini yengillaştiriş va uzluksiz faoliyat yuritişi uçun maqbul şaroitlar yaratiş maqsadida yirik soliq tölovçilarning transport vositalariga maxsus ruxsat beruvçi stikerlar berişni boşlaydi.
Ruxsat beruvçi stikerlar yirik soliq tölovçilar toifasiga kiruvçi korxonalar xodimlarining şaxsiy yoki xizmat avtotransport vositalari uçun beriladi.
Ruxsat beruvçi hujjatni oliş uçun faqat onlayn tarzda soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron soliq xizmatlari portalida (https://my.soliq.uz) maxsus anketani töldirib ariza beriş mumkin.
Avtotransportda harakatlaniş uçun kerak böladigan maxsus QR-kodli ruxsatnomani printer orqali çop etiş lozim. U ariza yuborilgan kundan boşlab bir iş kuni içida şakllantiriladi.
Davlat soliq qömitasi tomonidan har bir soliq tölovçiga alohida stiker kvotalari belgilanadi. Ruxsat beruvçi stiker u olingan kundan boşlab 30 kun mobaynida harakatlaniş huquqini beradi.
Avtotransport vositasidan foydalaniş uçun ruxsat beruvçi stiker olgan xodimlar mehnat daftarçasining nusxasi va iş joyidan berilgan tasdiqlovçi hujjatga ega bölişi kerak. Xodimlarga faqat belgilangan yönaliş böyiça, xizmat maqsadlarida soat 9:00-dan 18:00-gaça transport vositasidan foydalanişga ruxsat beriladi.
Ruxsat beriş uçun heç qanday tölov olinmaydi.
Yirik soliq tölovçilar kimlar?
Mana bu sahifa orqali yirik soliq tölovçilar röyxati bilan tanişişingiz mumkin:
https://soliq.uz/activities/large-taxpayers
Quyidagilar yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritiladi:
a) aksiz soliğiga tortiladigan tovarlarni işlab çiqaruvçi va aksiz tölanadigan xizmat körsatuvçi korxonalar;
b) tijorat banklari, tovar-xom aşyo, fond va valyuta birjalari;
v) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ hamda ularning tarkibiga kiruvçi taşkilotlar;
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim böyiça işlarni bajarişda iştirok etayotgan taşkilotlar;
d) mahsulot (tovar, iş va xizmat) larni sotişdan olingan sof tuşumi ötgan kalendar yil yakuni böyiça 100,0 milliard sömdan yuqori bölgan yoki ketma-ket keladigan ön ikki oylik davr yakuni böyiça uşbu miqdordan oşgan yuridik şaxslar;
ye) uglevodorod hom aşyosi va mineral resurslarni qazib oluvçi, qayta işlovçi, yetkazib beruvçi va sotuvçi hamda elektr energiyasini işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçi yuridik şaxslar, bundan avtomobillarga yoqilği quyiş şahobçalari mustasno;
j) Özbekiston Respublikasining havo böşliğidan yölovçilarni taşiş maqsadlarida foydalanuvçi, xalqaro havo aloqalarini amalga oşiruvçi va ularning tarkibiga kiruvçi yuridik şaxslar.
👉 @xushnudbek 👈
