Stikersiz harakatlaniş huquqiga ega bölgan avtomobillar

Matn29-mart, 2020, 00:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz⚡️РЕСПУБЛИКА МАХСУС КОМИССИЯСИ АХБОРОТИ 2020 йил 30 март соат 06:00 дан 20 апрель соат 00:01 га қадар ВИЛОЯТЛАРАРО, ТОШКЕНТ ВА НУКУС ШАҲАРЛАРИ ҲАМДА ВИЛОЯТЛАР…

Maxsus stikersiz avtomobilda yurişga kimlarda huquq bor?

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan köçalarda harakatlanişi uçun quyidagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi:

👉Özbekiston va xorijiy davlatlarning diplomatik xizmati xodimlari hamda Taşqi işlar vazirligining takliflariga muvofiq taşrif etilgan xalqaro taşkilotlarning delegatsiyalari aʼzolarining tegişli avtotransport vositalariga;

👉Aholi va taşkilotlarga kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlarga (gaz, elektr energiyasi, issiqlik taʼminoti, sovuq suv, suv oqava va boşqa taşkilotlar) tegişli avtotransport vositalariga;

👉aloqa xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlarga tegişli avtotransport vositalari hamda “Özbekiston poçtasi” AJning poçta jönatmalariga;

👉tijorat banklariga tegişli xizmat avtotransport vositalariga;

👉 tibbiy va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi korxonalarning avtotransport vositalariga;

👉huquqni muhofaza qiluvçi organlar va maxsus hamda qutqaruv korxonalarining avtotransport vositalariga;

👉N1, N2 va N3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalariga hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini olib kelayotgan M1 (bir nafar yölovçi bilan) toifadagi avtotransport vositalariga;

👉viloyat, şahar va tuman hokimlari va ularning örinbosarlarining avtotransport vositalariga;

👉yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilarga (özlarining röyxatdan ötgan maʼmuriy hududi doirasida) yölovçilarsiz, yetkazib beriş xizmati (kuryer, dostavka)lariga;

👉yetkazib beriş xizmati (keytering) taşkilotlarining avtotransport vositalariga, şuningdek, yölovçi taşiş xizmatini körsatuvçi taşkilotlarning yetkazib beriş xizmatini körsatayotgan avtotransport vositalariga;

👉fuqarolarga keçiktirib bölmaydigan tez tibbiy yordam körsatiş (homiladorlik, tan jarohati, inson hayotiga xavf tuğdirayotgan boşqa holatlar) bilan boğliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan şaxsiy avtotransport vositalariga;

👉dafn marosimlarida xizmat körsatuvçi maxsus avtotransport vositalariga;

👉yöl-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari şular jumlasidan.

@xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek