Avtotransport harakati uçun maxsus ruxsatnomalar joriy etildi
⚡️RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
2020-yil 30-mart soat 06:00-dan 20-aprel soat 00:01-ga qadar VILOYATLARARO, TOŞKENT VA NUKUS ŞAHARLARI HAMDA VILOYATLAR MARKAZLARIDA Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanişiga ruxsat beriladi.
Mazkur ruxsatnomalar quyidagi faoliyatlarni amalga oşiriş uçun biriktirilgan avtotransport vositalariga taqdim etiladi:
👉oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan şuğullanadigan taşkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, şuningdek, mazkur taşkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan xodimlarning şaxsiy avtotransport vositalari;
👉Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infeksiyasidan himoyalovçi va dezinfeksiya qiluvçi vositalar) işlab çiqaruvçi va çakana savdo, dorixona faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik va jismoniy şaxslarning avtotransport vositalari;
👉Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq va Zangiota tumanlarida, Toşkent şahrining Olmazor, Çilonzor va Yaşnobod tumanlarida barpo etilayotgan şifoxona va xiyobonlar qurilişiga jalb etilgan yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegişli avtotransport vositalari.
❗️Bunda, yuridik va jismoniy şaxslarning işçi xodimlari markazlaşgan tartibda avtobus (mikroavtobus) orqali Koraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahri, Toşkent şahri va viloyat markazlariga kiritişi belgilab qöyilmoqda.
Qayd etiş lozimki, maxsus ruxsatnoma talab etiladigan avtotransport vositalariga (tegişli tasdiqlovçi hujjatlarni ilova qilgan holda) Maxsus ruxsatnomalar beriş tizimi joriy yilning 29-mart soat 09:00-dan amaliyotga joriy etiladi.
Adliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boşqa avtotransport vositalari faqatgina uşbu muassasa va taşkilotlar faoliyati bilan boğliq holda harakatlanişiga ruxsat beriladi. Şaxsiy manfaat yölida foydalaniş qatiyan man etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


