Tibbiyot xodimlari öz maşinalarida stikersiz yurişi mumkin
⚡️Tibbiyot xodimlari öz maşinalarida stikersiz yurişi mumkin
Keça eʼlon qilingan stikersiz yuriş huquqiga ega şaxslar röyxatida şifokorlar yöq edi. Yangi tartibda ular ham istisnolar röyxatiga kiritilgan.
Bunga köra, taşkiliy-huquqiy şaklidan qatʼi nazar soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi taşkilotlarning xizmat maşinalari va xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi.
Bunda mazkur taşkilotlarning xodimlari uşbu körsatilgan taşkilotlarda faoliyat yuritayotganligi töğrisidagi mehnat daftarçasi nusxasi va iş joyidan tasdiqlovçi hujjat asosida harakatlanadi. Uşbu xodimlar faqat iş joyiga yetib boriş va uyga keliş maqsadida öz avtotransportidan foydalana oladi, yaʼni faqat xizmat yuzasidan harakatlanişiga yöl qöyiladi.
👉 @xushnudbek 👈
