Öqituvçilarning muammolari va taʼlimdagi zöravonlik
Yuqoridagi fikrlar faqat öquvçilarni urişga qaratilgani uçun biryoqlamadek körinişi mumkin.
Aslida tanganing boşqa tomonlari: öqituvçilarning asabiyligi, uyda tarbiyaning böşligi, ota-onalarning beʼtiborligi va h.k. sabablar ham muhokama qilinişi kerak.
Masalan, bugungi kun öqituvçilari aksariyat hollarda jamiyatdagi, turmuşidagi muammolardan asabiy holda yurişadi — kam oylik, bir dunyo qoğozbozlik, eri yoki farzandlarining işsizligi, qizining turmuşi, bir sinfda 40 ga yaqin öquvçi, paxta, yagana, çekanka, obodanlaştiriş, ixtiyoriy-majburiy haşarlar uçun, maktabni taʼmirlaş uçun oyliklaridan uşlab qoliş, yozda ham tayinli taʼtilsiz işlaş, direktorning selektordan eşitib kelgan dakkisini ikki baravar qilib eşitiş, xullas öqituvçining asab tolalarini öynaydigan ming bir unsurlar borki, ular alal-oqibat taʼlim sifatiga ham, öquvçilarning jabrlanişiga ham taʼsir körsatadi.
Xullas, bu şunday kompleks muammolarki, ularni bitta maqola bilan tasvirlab ham bölmaydi, masalani 1-2 yilda ijobiy tomonga özgartiriş ham muşkul.
Ammo dastlabki fikrimda yana qaytaraman: har qanday vaziyatda ham öqituvçining öquvçisiga qöl kötarişini oqlab bölmaydi, buni birorta bahona bilan haspöşlaş kerak emas.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3
