Şavkat Mirziyoyev sobiq Boş prokuror haqida gapirdi

Matn20-may, 2018, 11:171 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Amir Temur ham bunday şaroitda yaşamagan”

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Uluğnor tumanida Andijon viloyati faollari iştirokida davom etayotgan videoselektor yiğilişida sobiq Boş prokuror haqida mulohazalarini gapirib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Mana, Boş prokuror (sobiq Boş prokuror Raşid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahr.) butun boşli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topşirib yotibdi. Ikki-uç oy içida televideniye orqali özini gapirtiraman. Negaki, korrupsiyalaştirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib beryapti. Bitta noinsof öğli milliarder! Va boşqa taşkilot rahbarlari ham, MXXning sobiq beş nafar muovini ham qamalib yotibdi. Hammasi öğri, qip-qizil öğri. Qanday oğir bölmasin, men baribir hammasini joyiga qöyaman.

Hammasi borib, Boltiqböyida uy qurib olgan. Suratlarini körsangiz, keçirasiz, Amir Temur bobomiz şunça millatning rahbari bölib ham, unday joylarda yaşamagan. Amirlikning şayxlari ham bunaqa joyda yaşamaydi. Kimning puli bular - xalqniki. Qodirov kim özi? Qip-qizil öğri odam bölgan. Şuning uçun, prokuraturada 70 foiz odam almaşdi, halol odamlarni qöydim. Kim xiyonat qilsa, şunday yöldan boradi.

Hammani keçiraman, faqat öğirlik qilmay, xiyonat qilmasa, u mening döstim böladi. Ana şuni xalqim bilişi kerak”, dedi Prezident.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 😁 4
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek