Öqituvçilarning öquvçilarni urişi haqidagi bahslar
Telegramdagi «ZIYOKOR (öqituvçi murabbiylar kanali)» degan kanalda “Öqituvçi uradi ham, sökadi ham!” degan muallifi nomaʼlum maqola çiqdi.
Unda iddao qilinişiça, matbuotning eng köp “osilgan” sohalaridan biri taʼlim tizimi, aniqroği öqituvçilar bölayotgani insonni taajjubga solarmiş.
Xorijdagi “ğalamis-media”ning “mavzu”si bölgan “yomon öqituvçi” endi milliy matbuotimizda yuzaga çiqqanmiş.
Öqituvçi birovning bolasini ursa-urişsa, köngilxuşlik uçun emas, odam bölsin, jamiyatga foydali bölib yetişsin, degar maqsadda qilarmiş.
Ğarbning bizga tiqiştirgan ğoyalari sabab, “bong uryapmiz”, qanday qilib öqituvçi öquvçiga qattiq gapirişi mumkin deyayotgan emişmiz.
Ilgari “Eti sizniki, suyagi bizniki!” deyilgan ekan, bugun esa nimaymiş “falon öqituvçi birinçi sinf öquvçisiga baqirganmiş, falon öqituvçi öquvçini sökkanmiş, fistonçi öqituvçi jazo qöllaganmiş...”. “Iya, nima qilişini xohlaysiz?”, - deya hayratlanib savol beradi muallif.
“Kim agar “urmay-sökmay, bir oğiz ham qattiq gapirmay taʼlimni taşkil qilsa böladi” deydigan bölsa, yo Oydan tuşgan böladi yoki xayolparast böladi”, - deb qatʼiy xulosa ham yasaydi muallif.
Misol keltiriş uçun, 2011-yili Buyuk Britaniya taʼlim vazirligi maktablarda öquvçilarni jismoniy kuç bilan jazolaşga rasman ruxsat bergan emiş. Xitoy ham ötgan yildan buyon öquvçilarni kerak bölsa kaltaklab tarbiyalaşga rasmiy ruxsat berganmiş.
Muallif fikrlarining oxirini quyidagiça yakunlaydi: “Demadi demanglar, qadriyatlarimizdan bunaqa şaklda voz keçiş yaxşilikka olib bormaydi...”. (maqolaga link: https://t.me/ziyoilm/4076)
ŞAXSIY XULOSALARIM:
1) “Öqituvçi urmasa, öquvçi odam bölmaydi”, degan ğoyaga qattiq işonadiganlarni vaqt maşinasiga ötqazib, öşa 1-2-asr oldinga qaytarab yuboriş kerak. Ular taʼlimning samarali usuli faqat zöravonlikda, qörqitişda degan sarqit nazariyalar bilan yurgan insonlardir.
2) Öz ustida işlamagan va zamonaviy taʼlim metodlarini özlaştirib, amalda qöllay olmagan öqituvçilargina öquvçiga qöl kötarişi mumkin.
3) Qaysi soğlom kalla bilan öquvçini urişni qadriyat sifatida köriş mumkin?!
4) Ğarbga toş otib, “ğalamis-media” nomi bilan közböyamaçilik qilişdan avval ğarb taʼlim tizimini yaxşilab örganib qöyişsa yomon bölmasdi.
5) Öqituvçilarga internetga kirib zamonaviy taʼlim metodlarini yaxşilab titkilaşsin, Ron Klark akademiyasi işini örganişsin, heç bölmasa şu inson haqidagi kinoni tomoşa qilişsin (http://xushnudbek.uz/ron-klark-qoidalari/). Bu milliontadan bitta misol xolos.
6) Maqolada keltirilgan Buyuk Britaniya va Xitoyda urişga ruxsat berildi, degan maʼlumotlar esa odamlarni çalğitiş uçun qöşilgan. Aslida işonçli manbalarda bu haqida gap-söz yöq. Internetga poisk bersangiz, ayrim oldi-qoçdi saytlarda şu haqida maʼlumot çiqadi xolos.
7) “Öquvçilarni uriş milliy qadriyatimiz” deb işonadiganlar şu qadriyat bilan özlari yaşayversin, lekin buni özgalarga singdirişga harakat qilmasin. Lekin ming afsuski şunaqa fikrlaydiganlar taʼlim tizimimizni orqaga tortib turgan ildizdagi qurtlardir.
P.S: Uşbu gaplarim barça öqituvçilarga taalluqli emas, bu faqatgina öquvçilariga qöl kötarişni öziga farz deb biladigan, yoki Bekoboddagiga öxşab, hamkasbidan öç oliş uçun bolalarni peşonasiga atay 2 qöyib, rasmga oladigan nusxalarga tegişli. Ular aslida öqituvçi ham emas, bunday şarafli nomga noloyiq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3

