Marhamatda öqituvçilarning uzr söraşi böyiça tafsilotlar
Uzr söraşga majburlangan öqituvçilar böyiça ayrim qöşimça maʼlumotlar:
➖ Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasining maʼlum qilişiça, Marhamat tumanidagi 9-maktab (hozirgi 72-IDUM) reytingda respublika böyiça 9622 ta maktab örtasida 5144-örinni, tumandagi 45 ta maktab örtasida 23-örinni egallagan. Yaʼni past natija qayd etmagan;
➖ Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov uşbu yuz bergan holatni nafaqat öqituvçilarning şaʼnini yerga uriş balki Davlat siyosatiga qarşi amalga oşirilayotgan harakat deb baholagan va bunga yöl qöygan "taşabbuskorlarga" albatta tegişli çora körilişini taʼkidlagan;
➖ Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonovning aytişiça, “ayrim” rahbarlarning maʼnaviyatsizligi va saviyasizligi keçirib bölmas xatoni yuzaga keltirgan. Viloyat hokimi mazkur holatni öz nazoratiga olgan, aybdorlar jazolanişiga vaʼda bergan;
➖Andijon viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliğining aytişiça, uşbu yiğiliş Marhamat tumani hokimidan çiqqan taşabbus bölgan. Şuningdek, viloyat XTB boşliği ustozlarni himoya qilmagani uçun uzr söragan;
➖ Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldaşev uşbu voqea uçun ustozlardan uzr söragan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1996


