Talabalar uchun Tashabbuskor budjet elchisi tanlovi
❗️Talabalar diqqatiga! «Taşabbuskor budjet elçisi» bölişni istaysizmi? Qimmatbaho sovğalar yutib olişni-çi? Eng asosiysi öz mahallangizga foydangiz tegişini xohlaysizmi?
Köpçilik talabalar yaqindagina öz uylaridan öqişga qaytişdi. Yana minglab talabalar haliyam uylarida, ularning öqişi boşlanmagan. Viloyatiga, tumaniga, qişloğiga borib qaytgan talabalar u yerdagi muammolarga ham bevosita duç kelişadi. Yoki svet, yoki suv, yoki yöl muammosi, yoki qaysidir boğça/maktabning abgor ahvoli va h.k.
Xöp, şunaqa payti nima qilsa böladi? Qaçon bu muammolarni hal qiliş mumkin? Qaçon byudjetdan pul ajratiladiyu, qaçon Sizning mahallangizni ham tegişli dasturga kiritişadi?
Buni kutib ötiriş şartmi? Undan köra özingiz taşabbus körsatsangiz bölmaydimi? Ayniqsa, yoş va zamonaviy talabalar bu böyiça örnak va lider bölişi kerakmasmi?
Xabaringiz bor, ötgan yildan boşlab «Taşabbusli budjet» loyihasi boşlangan. Unga köra, fuqarolar byudjetning bir qismini qaysi muammoga ajratişni özlari hal qilişadi. Ötgan yili 500 mlrd atrofida pul ajratilgan bölsa, bu yilgi birinçi mavsumga 1 trln (!!!) söm pul ajratilgan.
Eng qiziği, Moliya vazirligi talabalar uçun alohida tanlov eʼlon qildi. Unga köra, talaba sifatida röyxatdan ötib, taşabbus qoldirgan va öz taşabbusini tarğib qilib, eng köp ovoz olgan 50 nafar talabalarga «Taşabbuskor budjet elçisi» degan maxsus unvon beriladi. Bundan taşqari talabalar noutbuk, planşet, e-book qurilmasi, smart watch va quloqçin yutib olişlari mumkin. (batafsil maʼlumot)
👉 openbudget.uz saytiga kiring, öz hududingizni qiynayotgan muammolarni hal qiliş böyiça taşabbus qoldiring (oldin qaysi masalalarga pul ajratilişini yaxşilab öqib oliş esdan çiqmasin). Söngra öz taşabbusingizni mahallangizdagi qöşnilaringiz, ijtimoiy tarmoqlardagi döstlaringizga tarğib qiling. Eng köp ovoz oling va Özbekiston tarixidagi ilk «Taşabbuskor budjet elçisi» degan maxsus unvonga ega böling.
Unutmang, Sizning taşabbusingiz asosida yaşaş joyingizdagi qaysidir muammo hal bölganda odamlardan eşitadigan rahmatingizning özi katta yutuq aslida!
Gaziga bosinglar!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1793


