Taşabbusli budjet loyihasida xalq faolligi oşmoqda
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlangan«Xalqimiz tayyormas» degan yolğon tasavvur hamda «Taşabbusli budjet» haqida
Bir neça oy oldin, aniqroği «Taşabbusli budjet» loyihasiga endi start berilgan paytda Moliya vazirligida yiğilib, qanaqa qilib aholi orasida bu tizimni ommalaştirsak ekan, heç bölmasa 5 ming kişi qatnaşsa zör bölardi, deb rosa boş qotirgandik. Çunki "xalqimiz budjet pullarining işlatilişiga eʼtiborsiz, bu xuddi birovning çöntagidagi puldek qaraşadi, aslida esa bu özining puli ekanligini tuşunmaydi", degan tasavvur bor edi. Byudjetni taqsimlaşda xalq ham faol iştirok etsin, degan gaplar juda balandparvoz bölib tuyulgandi öşanda. Esimda, "Taşabbusli budjet" loyihasi haqida kanalamizdagi birinçi ovozli çatimizda hatto ming kişi ham qatnaşmagan, ayrim paytida atigi 300 kişi eşitib ötirgan. Bu holatga Tentakminds kanali «hamma gap özimizda» deb izoh bergandi öşanda.
Ammo birinçi mavsum kutilganidan ham yaxşiroq böldi. 40 mingdan oşiq taşabbus qoldirildi. Umumiy ovozlar soni 1 mlndan oşdi.
Hozir davom etayotgan 2-mavsumda esa taşabbus soni 70 mingtaga yetdi. Moliya vazirligining xabar berişiça, umumiy ovozlar soni 6 millionga yaqinlaşgan. Bu juda katta va quvonarli raqam!
openbudget.uz sayti esa özbek saytlari reytingida eng köp taşriflar soni böyiça 2-örinda bormoqda.
Faol va öz hududiga befarq bölmagan fidoyi insonlar har bir taşabbus böyiça alohida rejalar işlab çiqişmoqda, maxsus taktika va strategiyalar qöllaşyapti. Joylarda tarğibotning turliça usullaridan foydalanişmoqda. Töğri, ular orasida maʼmuriy usullardan foydalanayotgan hokimliklar ham yöq emas, lekin bu boşlanişiga öta normal holat. Bunga hayron bölmaslik kerak. Vaqt ötişi bilan bu ham iziga tuşib ketadi, albatta.
❗️Asosiysi xalqimiz faollaşdi. Byudjetning har bir tangasi öziniki ekanligini tanasida his qilişni va bu pullarni sarflaşda iştirok etişga örganmoqda. Hozirça «Taşabbusli budjet»da çeklangan mablağ bölsa-da, ammo bora-bora asosiy budjet haqida ham odamlar qayğurişni, befarq bölmaslikni, byudjetdagi öğirliklar va talon-torojlarga qarşi jamoatçilik nazorati örnatişni örganib olişiga işonaman. Bu esa faqat va faqat jamiyatimiz rivoji uçun yordam beradi.
Biz köp narsalarda xalqimiz hali tayyormas, deb notöğri öylaymiz. Aslida odamlarga baliq tutişni örgatib qöysak böldi, qolganini özi bemalol eplaydi. Faqat eng avvalo xalqimizga işonişni boşlaşimiz kerak.
ℹ️ Aytgança, «Taşabbusli budjet»ning ikkinçi mavsumiga ovoz beriş 31-mart soat 23:59-ga qadar davom etadi. Siz ham openbudget.uz saytiga kiring va muhim deb öylagan loyihangizga ovoz bering. Budjet pullarining taqsimlanişida sizning ovozingiz ham hal qiluvçi ekanligiga işoning.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1164






