Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkent investitsiya forumi va Twitter blokirovkasi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Manba:Muhrim / Муҳрим

Kuni keça zör tantana bilan ötkazilgan Toşkent investitsiya forumida neça-neça “çet ellik nufuzli hamkorlar” forum va umuman Özbekiston haqida dunyoga jar sololmay, xafsalasi pir bölibdi. Ular Twitter’dan foydalanarkan, bizda esa, xabaringiz bor, bu servis de-fakto bloklangan (faqat Tanzila opada bloklanmagan bölişi mumkin, lekin bu ham aniq emas).

Juda ğalati. Milliardlab dollarlar kelsin deb (rostdan ham şunday samimiy maqsad bormi özi — bu ham qiziq bir savol) millionlab dollarlar sarflaysan, katta tadbir uyuştirasan, kazo-kazolarni çaqirasan. Özbekistonga birinçi marta kelgan milliarderga zör taqdimotlar qilasan, oşlarga töydirasan, umrida körmagan kafolatlarni vaʼda qilasan. “O!”, deydi u, taassurotlari va Özbekistonga investitsiya kiritmoqçi ekani haqida çin köngildan yozmoqçi böladi-yu,.. paq! Tvitteri oçilmayapti.

Nega, deb sörar milliarder, ehtimol. Serverlarini Özbekistonga köçirmagani uçun bloklab qöyganmiz, der biznikilar, balki. “Jinniroq emasmisizlar, sal-pal?” deb öylar Özbekistonni bilganiga atigi bir neça soat bölgan, lekin biz baribir tanimaydigan bu milliarder. Töğrisi ham-da — undan boşqa yana yuzlab milliarderlar, minglab millionerlar foydalanadigan milliarder tarmoq — Twitter qanday vaj, qanday sabab bilan Özbekistonni bilişi, Özbekistonning talablarini bajarişi kerak özi? Özbekistonda uning 35 million, heç yöği 3,5 million foydalanuvçisi bölsa ham mayliga edi — bundan karrasiga köproq özbekistonlik foydalanuvçiga ega Telegram ham vaqti kelsa «hurmatimizni joyiga qöy»maydi-ku (darvoqe, nega Telegram hali ham bloklanmagan — axir u ham qonun talabini bajarmayapti-ku, nega standartlar bunday ikki xil?).

Bu ozod va badavlat insonga töy oşimiz va kafolatlarimiz yoqişi aniq, ammo internetga, bölganda ham eng ommabop servislarga “yaxşi niyat” bilan tösiqlar qöyiş odatimiz, izohi yöq ikki xil standartlarimiz yoqmasa kerak, deb qörqaman. Bu Özbekistonni bilmagan, lekin uni yaxşi körgisi kelayotgan odam uçun yaxşi signallar emas. Normal dunyo bunday nonormal tösiqlarni, ikki xil standartlarni normal tuşunmaydi, qabul qilmaydi. Bunday tösiqlarni tuşuniş va qabul qiliş örinsiz va umuman imkonsiz ham.

  • 👍 1430
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek