Taşabbusli budjet böyiça ovozli çat taşkil qilinadi
Bugun taşabbusli budjet böyiça ovozli çat taşkil qilinadi
Yodingizda bölsa, openbudget.uz saytida fuqarolar uçun «Taşabbusli budjet» loyihasi eʼlon qilingani, unda fuqarolar mahalliy byudjetning bir qismini qayerga işlatişni özlari hal qilişi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Uşbu loyihada fuqarolardan jami 41 ming 125 ta taşabbus bildirildi.
Bugundan boşlab, yakuniy bosqiç, yaʼni ovoz beriş bosqiçi boşlanadi. Qaysi tumanda qaysi loyiha eng köp ovoz olsa, öşa taklif ğolib deb topiladi va byudjetdan mablağ ajratiladi.
Bu jarayonda savollar köp bölişini hisobga olib, bugun, 14-avgust kuni soat 20:30-da şu mavzu böyiça kanalimizda ovozli çat taşkil qilyapmiz.
Spikerlar:
— Ahadbek Haydarov, moliya vaziri örinbosari
— Şerzod Muhamedov, Moliya vazirligi departamenti direktori
— Otabek Bakirov, iqtisodçi, bank xodimi
— Behzod Hoşimov, iqtisodçi, ilmiy tadqiqotçi
Şu mavzuga doir savollaringiz bölsa, izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
