Chilonzor tumanidagi ikki loyiha rad etiladi

Ovozli6-sentabr, 2021, 12:293 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

0:00 / 1:30

Kurbanoff Telegram kanali «Taşabbusli budjet» loyihasida Çilonzor tumani hokimligi xodimlari uçun qariyb 1 mlrd sömlik oşxona quriş taşabbusi hamda tumandagi 4-sektor binosini taʼmirlaş uçun 500 mln söm mablağ ajratiş taşabbusi eng köp ovoz olgan loyihalardan bölganini maʼlum qildi va tumanda bundan boşqa muammolar yöqmi, deya haqli savolga eʼtibor qaratdi.

Uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida, Moliya vazirligi Davlat byudjeti departamentining direktori Şerzod Muhamedov bilan boğlanib, izoh oldim (yuqoridagi ovozli xabar). Rasmiy vakilning maʼlum qilişiça, «Taşabbusli budjet» portalida qaysidir taşabbus eng köp ovoz olgani, bu öşa loyiha albatta moliyalaştirilişini anglatmaydi. Işçi guruhlar tomonidan ğolib bölgan loyihalar tegişli talablarga töğri kelişi qayta körib çiqiladi.

Jumladan, Çilonzor tumanida ğolib bölgan yuqoridagi 2 ta loyiha ham jamoat manfaatlariga xizmat qilmasligi nuqtai nazaridan rad qilinadi hamda keyingi örinlarda eng köp ovoz olgan loyihalar ğolib deb topiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek