Öqituvçi va öquvçi munosabatlari haqida muştariylar fikri
Yuqoridagi öqituvçilar haqidagi postga 260 ga yaqin izohlar qoldirilibdi. Ança maʼnili fikrlar bildirilgan. Öquvçini uriş va urmaslik tarafdorlari özaro hurmat bilan çiroyli bahslaşibdi. Öqib, xursand böldim. Vaqt bölganda öqib çiqişni tavsiya qilaman.
Ayrim fikrlar:
•
Tarbiyani ta'limdan ajratish kerak!!!
Hayotiy voqea. O'quvchi kechgi soat 7 da mayda bezorilik qilyapti. Sinf rahbari,direktor va bir qator ma'sullar IIBga chaqirtirilyapti. O'qituvchi o'quvchini kechgi soat 7da qilgan bezoriligi uchun javobgar bo'lishi mumkinmi? Qanaqasiga? QANAQASIGA!?? Uni o'rniga o'sha o'quvchini ota-onasini yugurtirish kerak emasmi ? Tarbiyaga ota-ona ma'sul emasmi? O'qituvchi ko'chaga chiqib bezorilik qil demaydiku barakatopgurlar deydigan odam yo'q
•
Shunaqa o'quvchilar bor ota onalariga qayta qayta rahmat aytib charchamisan kishi! Yaqinda bir o'quvchi Bilimlar bellashuvida tuman bo'yicha 2-o'rinni oldi. (U maktabga ishga kirganimga endi 4 oy bo'ldi.) O'zi chiroylikkina istarali, kiyinishlari ham tartibli o'quvchi qizga qarab ota onasi davlat ishida tuzukroq lavozimda ishlasa kerak dib o'ylaysiz! Ko'p qizlar xaxalab kulsa miyig'ida kulib qo'yadigan bu qizni darslarda qatnashishi o'zi bilib vazifalarni qilishi tarbiyasiga tasanno aytme iloj yo'q! Sinf rahbaridan surishtirdim bilsam dadasi katta yo'l bo'yida non sotarkan, onasi pishiriq qilib magazinlarga tarqatarkan! Mana tarbiya! Mana oddiy insonni mehnati! Ota onasi shunaqa mehnat qilib pul yig'ib shu qizni 4ta fanga qo'shimcha pullik darslarga beribdi! Natijasi ayon! Buni shunchaki shunaqa ota onalar ham oramizda ko'p, shunday ota onalarga cheksiz xurmat va rahmatimni bildirib qo'yey dib yozyabman! Hammamiz ham ota onamiz yoki nasib qilsa bo'lamiz Inshaalloh!!!
•
Men 2009-yil maktabni bitrganman.Haliham esimda geografiyachi domlamiz darsga tayorlamay kelsak bir tepib koridorga chiqarib yuborgan paytlari ham bo'lardi.Lekin miq etmasdik na ota onamizni na birorta odamni sudrab kelmaganmiz.Lekin 8-sinfga o'tganimizdan keyin hatto chertmagan ham.Qiziqib so'raganman domla nega urmaysiz deganman.Endi ulg;'ayib katta bo'p qoldinglar uyat bo'ladi degani esimda>.Boshimga ko'taraman shu ustozimni.
•
Hozirda vaziyatga ikki tomondan qarashga to'g'ri kelyapti. Avvallari ustoz deganlari chindanam fidoyi va o'z kasbining ustasi edi. U tarbiya berardi, ilojsiz holda urardi. Bu ishni yoqlayman. Ta'lim va tarbiya kerak bo'lsa urib o'rgatilishi kerak. Hozir o'sha ustozlardan hech kim gina qilmaydi. Aksincha, hurmat bilan eslashadi. O'qituvchi kasbining har xil omillar bilan obro'sizlantirilishi yangi pedagoglarni ma'suliyatsizlikka kam yetakladi. Yangi kadrlarning ko'pchiligi chindanam o'qitishni bilmaydi.
Boshqa tarafdan olsak, odamlar ham o'zgarib ketdi. Hamma tarbiyani maktabdan talab qilishadi. Bolasi uyida jinoyat qilib qo'ysayam, ko'chada kompyuter o'ynab darsga bormasayam, yaxshi o'qimasayam o'qituvchilarni aybdor qilishadi. Shunday ekan o'zing berolmagan tarbiyani ular berishiga qo'yib ber.
•
Hayotiy misol, bir o'quvchim juda sho'x, tarbiyasi ham, bilimi ham qoniqarsiz. O'rtoqlari bilan ham, o'qituvchilari bilan ham urushmagan kuni yo'q. Bir kuni adabiyot o'qiyuvchisi qulog'idan cho'zib doskaga chiqribdi va burchakka turgazib qo'yibdi. Ertasi kuni onasi kelib, adabiyot o'qituvchisini ham, sinf rahbari sifatida meni ham va maktab rahbarini ham ko'chadagi eng og'zi shaloq xotinlar ham uyaladigan so'zlar bilan juda qattiq xaqorat qildi. Men bunday sassiq so'zlarni hayotimda birincha martta eshitib turgandim. Ertaga bu bola kim bo'ladi deb juda ko'p o'ylayman...
👉 @xushnudbek 👈


