Yoşlarga berilgan soliq imtiyozining bekor qilinişi
Tuğildimu, böğildim
yoxud
yoşlarga berilgan bir imtiyoz tarixi
2017-yil 5-iyuldagi «Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi PF-5106-sonli Prezident farmonining 13-bandida yoşlarga quyidagiça imtiyoz berilgandi:
taʼlim muassasasini tamomlaganiga uç yil bölmagan, birinçi marta işga qabul qilingan yoşlarga daromad soliğini birinçi yil uçun 50 foiz, ikkinçi va uçinçi yillar uçun esa 25 foizga kamaytiriş
Lekin bu imtiyoz deyarli işlamadi desa ham böladi. Çunki bu yoşlar orasida tayinli tarğibot qilinmadi (umuman qilinmadi hisob) va yoşlar bunaqa imtiyoz borligini bilişmadi ham.
Ötgan yili kanalim orqali xuddi şu masala haqida 2 ta post yozgandim (1, 2). Şundan keyin adaşmasam ÖzAda bitta kiçkina xabar mazmunidagi maqola çiqdi, “Yoşlar” kanalida bitta kiçik reportaj efirga ketdi, yana 1-2 ta joyda şu haqida aytişgandir, böldi, tamom. Şu bilan yana unutildi.
Lekin şu kiçikkina tarğibot orqali ham köpçilik yoşlar bundan xabar topdi. Ammo!
Ammo xabari borlar ham bu imtiyozdan deyarli foydalana olmadi. Çunki korxona va taşkilot buxgalterlari “bunaqa imtiyozdan xabarimiz yöq, heç qanday körsatma bölmagan” deb tan olişmadi. Tan olganlari esa, xohlasa ham bu imtiyozni qöllay olişmadi, çunki budjet taşkilotlarining buxgalteriyasida işlatiladigan UzAsbo tizimiga bu soliqni qöllaşga oid band qöşilmadi. Moliya vazirligiga qilingan murojaatlarga esa, vazirlik “tez orada qonunçilikka özgariş kiradi, şundan keyin körib çiqamiz” degan mazmunda ajabtovur javob berildi.
Bu özgariş özini köp kuttirmadi. 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Prezident farmoniga binoan, yoşlarga berilgan öşa soliq imtiyozi bekor böldi. Ha, endi bu imtiyoz yöq.
Mayli, yöq bölsa, yöqdir. Şaxsan men soliq imtiyozlarini va özi har qanday iqtisodiy imtiyozlarni unça xuşlamayman.
Lekin masala boşqa joyda. U imtiyoz yaxşimi, yomonmi, har holda PREZIDENT FARMONI bilan belgilangan edi. Belgilandimi, demak ijrosini ham qiliş kerakda. Ammo na Soliq qömitasi, na Moliya vazirligi, na Yoşlar ittifoqi bunga jiddiy qaradi. Muammolarni örganişmadi, unga yeçim taklif qilişmadi. Işlayotgan yoşlarga şu imtiyoz qöllanilişi taʼminlanyaptimi, deya reyd va örganişlar qilinmadi. “Öraga siqçon tuşdi, guldur-gup” prinsipida iş qilindi.
Lekin «Yoşlarga yaratilayotgan mislsiz imkoniyatlar» mavzusida maʼruza va nutqlar qilinganda, işonamanki, albatta şu imtiyoz haqida ham faxr va iftixor bilan gapirib, maqtanişgandir. Qoğozda boru, amalda deyarli qöllanmagan imtiyoz bilan...
Imtiyoz bekor bölgandan keyin ham uning muammosi hal bölmayapti. Aniq bir misol aytaman.
Qonunçilik talabi böyiça, imtiyoz amalda bölib turgan davr uçun u qöllanilişi şart. Garçi u keyinçalik bekor bölib ketgan bölsa ham.
Lekin bir muştariy yozmoqda, uning 2017-yil oktabr oyidan 2018-yil dekabr oyigaça bölgan davr uçun soliq imtiyozini qöllaş haqidagi talabi Soliq organlari tomonidan rad qilindi (rasmga qarang). Rad qiliş asosini qarang – “Bugun bu imtiyoz bekor bölgan”. Ha, baraka topgur, bugun bekor bölgan bölsa bordir, lekin murojaatçi ötgan davr uçun, yaʼni imtiyoz amalda bölib turgan davr uçun haqqini sörayaptiku. Halol haqqi bu. Qonun hujjatlarida belgilangan huquqi bu.
Xullas, bu imtiyoz amalda özini oqlamadi. Öşa payti kim taklif qilgan, bunisi menga qoronğu. Bunday imtiyozdan yoşlar tayinli foyda körişmadi, hatto bilmay ham qolişdi. Endi bila boşlaganda esa, bira töla bekor qilib yuborişdi. Tuğildimu, böğildim, deyişarmidi şunaqa vaziyatda...
P.S.: öşa fuqaroga soliq organlari zimmasiga imtiyozni qöllaş majburiyatini yuklaşni sörab, maʼmuriy sudga murojaat qilişi haqida maslahat berdim. Yoşlar öz huquqini talab qilib sudlaşib körsinçi, oxiri nima bölarkin, köramiz.
👉 @xushnudbek 👈


