Soliq kodeksidagi imtiyozlar böyiça tuşuntiriş zarur

Matn16-noyabr, 2020, 15:302 daqiqa0 koʻrish

Davlat soliq qömitasining izohi kerak bölyapti

Xabaringiz balki bordir, balki yöq, talabalarning oliy taʼlim muassasalarida öqişi uçun ötkazilgan kontrakt miqdoridan daromad soliği olinmaydi. Batafsil mana bu yerda tuşuntirganman.

Eski tahrirdagi Soliq kodeksida faqat özining yoki 26 yoşga tölmagan farzandining kontraktiga imtiyoz berilar edi. Yangi tahrirdagi kodeksda esa imtiyozlar toifasi kengaytirilib, turmuş örtoğining kontraktiga tölov qilganda ham daromad soliği olinmasligi belgilandi.

Ammo Soliq kodeksining özbek va rus tilidagi matnlaridagi özaro nomuvofiqlik yoki tuşunmovçilik natijasida amaliyotda uşbu norma turliça talqin qilinmoqda.

➖ Özbekça matnda öşa modda quyidagiça yozilgan:

378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar
16) soliq tölovçining quyidagilarga yönaltiriladigan, soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlari:
Özbekiston Respublikasining oliy öquv yurtlarida taʼlim oliş (özining, yigirma olti yoşga tölmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olişi) uçun tölov.

➖ Rusça matnda esa quyidagiça:

Statya 378. Doxodi, ne podlejaşçiye nalogooblojeniyu

16) summi zarabotnoy plati i drugiye doxodi nalogoplatelşçika, podlejaşçiye nalogooblojeniyu, napravlyayemiye na:
oplatu za obuçeniye (svoye, a takje svoix detey ili supruga (suprugi) — v vozraste do dvadsati şesti let) v visşix uçebnix zavedeniyax Respubliki Uzbekistan.

❓Endi savol: 26 yoş çeklovi faqat farzandlariga tegişlimi yoki turmuş örtoğiga ham taalluqlimi?

Sababi özbekça matndan 2 xil maʼno tuşuniş mumkin, jumladan uşbu çeklov faqat farzandlariga taalluqli ekanligini ham talqin qilsa böladi. Rusça matnda esa yoş çeklovi ham farzandiga, ham turmuş örtoğiga tegişli ekanligi körinib turibdi.

Muştariylarning aytişiça, ayrim soliqçilar rusça matn asos böladi, eng avvalo şunga qaraladi, degan talqinni aytayotgan ekan. Şundan kelib çiqib, 26 yoşdan oşgan turmuş örtoğining kontraktiga pul ötkazilganda soliq imtiyozi qöllanmayapti.

Mana şu masala yuzasidan Davlat soliq qömitasi biror tuşuntiriş bersa, yaxşi bölar edi. Tuşunaman, qonun normalariga rasmiy şarhni Konstitutsiyaviy sud beradi. Ammo bu organdan biror taşabbusni kutiş xomxayol va befoyda. Şu sababli soliq sohasi böyiça vakolatli davlat organi sifatidagi Qömitaning munosabati foydadan holi bölmas edi.

❗️Qöşimça uçun ayrim maʼlumotlar:

Soliq kodeksidan parça:

13-modda. Soliq tölovçining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Soliq töğrisidagi qonun hujjatlaridagi barça bartaraf etib bölmaydigan qarama-qarşiliklar va noaniqliklar soliq tölovçining foydasiga talqin etiladi.

«Davlat tili haqida»gi qonundan parça:
8-modda.
Özbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining boşqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va eʼlon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boşqa tillarda ham eʼlon qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek