Talabalar kontrakti uçun daromad soliği imtiyozi

Matn27-oktabr, 2020, 17:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Xushnudbek.uz

❓Talabalar kontraktini tölaganda daromad soliğidan ozod böladimi?

Hozir talabalarning kontrakt tölaş jarayonlari boşlangan. Uşbu jarayonlar mobaynida köpçilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Özbekistonning oliy öquv yurtlarida taʼlim oliş (özining, 26 yoşga tölmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olişi) uçun yönaltiriladigan soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uçun ötkazilgan iş haqlaridan daromad soliği uşlanmaydi:

1) fuqaro özining kontraktiga ötkazsa;
2) ota-onalar 26 yoşga tölmagan farzandining kontraktiga ötkazsa;
3) er yoki xotin turmuş örtoğining kontraktiga ötkazsa.

Bu nima degani?

Masalan, ota öz farzandining kontrakti uçun iş haqining bir qismini, aytaylik 1 mln sömini töğridan-töğri institut hisobiga ötkazadi deylik. Buning uçun institutdan şartnoma (hisob-raqam) olib, taşkilot buxgalteriyasiga ariza berib qöyiş kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln söm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uçun ötkazgan 1 mln sömdan 12%lik daromad soliği uşlanmaydi, faqat qolgan 2 mln sömdan soliq olinadi.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boşqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boşqa şaxslarning kontrakti uçun iş haqidan tölov ötkazilsa heç qanday imtiyoz qöllanmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek