Böston tumani hokimi audiosi va tizimdagi muammolar

Matn27-oktabr, 2020, 10:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Böstondagi hokim opamizning audiosidan xulosalar

Keça Andijon viloyati Böston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova tumandagi fermerlar bilan uçraşuvda ularni «maraz», «iflos» deb haqoratlagan, soya ösimligi bilan boğliq rejani bajarmagan fermerlarga yerini olib qöyiş bilan tahdid qilgani aks etgan audioyozuvi tarqaldi.

Bu audiodan özim uçun quyidagi xulosalarni çiqardim:

➖ aksariyat hokimlarga haqorat qiliş bobomeros. “Boşqaçasiga işlab bölmaydi, yaxşi gap bilan natija qilişning iloji yöq” degan oltin qoidaga sidqidildan amal qilişadi;

➖ fermerlar qoğozlarda mustaqil, balki hatto qoğozda ham mustaqil emasdir, kim bilsin. Amaliyotda esa qöpol aytganda “zamonaviy quldek” gap. Ularning aksari mustaqil tadbirkor emas, yelkasiga bir dunyo majburiyat ortilgan hokimlikning qora işçisi, majlislarda sökişdan tortib haqoratgaça jimgina eşitadigan, mabodo gap qaytarib qöysa, ertaga tekşiruvçilardan tinkayi madori qurib, şimildiriqsiz qoladigan bir noçor qatlam;

➖ boz ustiga fermerlarning şu noçorligi yetmaganday nodavlat taşkilot bölgan Fermerlar kengaşiga badal tölaşga ham majbur. Qonunlar orqali şunaqa tölov undirişga majburlanadi ular. Dunyoda birorta mamlakatda fermerlar majburlab qaysidir nodavlat taşkilotga badal (soliq) tölamaydi, faqat Özbekistonda şunaqa. Bu aqlga siğmaydi, bu qonunning Konstitutsiyaga mos kelişi ham bahsli masala;

➖ paxta va ğallada plan yöqoldi degan gaplarning barçasi hozirça şunçaki balandparvoz hayqiriqlar xolos. Xalqaro reytinglarda örnimizni yaxşilaş, qanaqadir sanksiyalarni bekor qiliş uçun faqat qoğozdagi jimjimador gaplar bu. Amalda esa barçasi özgaça. Plan, plan va yana plan! Buni men fermerlik bilan şuğullanadigan bir tanişimiz garçi davlat oldidagi şartnomaviy majburiyatini töliq bajargan bölsa ham, sektor rahbari bölgan tuman IIB boşliğining şaxsan özi kelib, ortib qolgan barça ğallasini heç bir söroqsiz bir boşoq ham qoldirmasdan örib ketganida, qarşilik qilsa öziga yomon bölişi haqida udağaylaganida tuşunib yetgandim;

➖ Özbekistonda mulk huquqi haligaça eng nozik Xitoy çinnisi kabi mört. Hokim-opa fermerlarga qarata qayta va qayta yerini tortib olib qöyişi haqida döq uryapti. Amalda ham şunaqa. Istalgan payt fermer böladimi u, klaster böladimi u, tadbirkor böladimi u, va özi umuman oddiy fuqaro böladimi, yeridan (uyidan) ajrab qoliş xavfi saqlanib turibdi. Agar hokim yoki birorta boşqa kattaroq amaldor qasdlaşsa, na sud, na boşqasi yordam bera olmasligiga köp misollarni keltirişimiz mumkin;

➖ va keçagi audiodan oxirgi xulosa: ayollar hokim bölyapti degani, hammasi zör bölib ketadi, degani emas. Bu şunday tizimki, jinsiga qaramaydi, yoki sen tizimga moslaşasan, yoki seni bu maydondan uloqtirib taşlaşadi. Özbekistonda uçinçi variant hozirça yöq.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek