Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Ğalla siyosati bozor munosabatlariga ötadi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Nihoyat ğalla yetiştiruvçi fermerlar köksiga ham şamol tegadigan böldi: ğalla siyosati bozor munosabatlariga ötadi

Prezident qarori bilan 2022-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan:

1 783 ming tonna tovar buğdoy davlat resursi sifatida;

266,5 ming tonna buğdoy uruğlik sifatida xarid qilinadi.

Davlat resurslariga qabul qilingan buğdoy uçun dastlabki bosqiçda buğdoy yetiştiruvçi höjaliklarga buğdoyning tonnasiga örtaça 3 mln. sömdan tölab beriladi va iyul-avgust oylarida şakllangan birjadagi buğdoy narxlaridan kelib çiqib, uşbu buğdoy uçun sentabr oyida qayta hisob-kitob qilinadi.

Misol uçun iyul-avgust oylarida buğdoyning örtaça birja narxi tonnasiga 3,7 mln. söm böladigan bölsa, buğdoy yetiştiruvçilarga yana tonnasiga 700 ming sömdan tölab beriladi.

Bundan taşqari, 500 ming tonna buğdoy ğalla yetiştiruvçilar tomonidan iyul, avgust va sentabr oylarida birja savdolarida sotiş uçun don korxonalariga qabul qilinadi. Bu buğdoyni fermerlar birjada özi sotadi va töliq bozor narxida buğdoy pulini oladi. 500 ming tonnaning don korxonalariga taşiş va saqlaş xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

Ğalla yetiştiruvçilar tomonidan birjada sotiladigan 500 ming tonna buğdoy va davlat resurslariga xarid qilingan buğdoy birja savdolarida mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, xarid qilingan buğdoyning 75 foizidan kam bölmagan miqdordagi un mahsulotini sotiş majburiyatini olgan barça un işlab çiqaruvçi korxonalarga sotiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 765
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek