Prezident videoselektorda qişloq xöjaligi böyiça yangiliklarni aytdi

Matn27-oktabr, 2021, 21:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Prezident rahbarligida ötgan videoselektor yiğilişida bayon etilgan taşabbuslarning ayrimlari

I. Paxta-töqimaçilik klasterlari yönalişida:

➖Klasterlarga biriktirilgan 1 mln gektar paxta maydonlarida har bir gektarga 1 million sömdan grant ajratiladi.
➖Böyalgan mato va tayyor mahsulot işlab çiqaruvçi hamda ularning kamida 80 foizini eksport qiluvçi klaster va boşqa töqimaçilik korxonalariga:
a) 3 yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 12 foiz örniga, 1 foiz qilib belgilanadi;
b) mol-mulk soliğini 3 yilga keçiktirib tölaş imkoniyati beriladi.
➖Oçiq tanlov asosida barça klasterlar bilan 30 yil muddatgaça alohida şartnoma tuziladi.
➖Klasterlar faoliyatini tugatiş, Respublika komissiyasi xulosasi asosida, faqat sud tartibida hal qilinadi.

II. Ğalla yetiştiriş tizimi yönalişida:

➖Har bir ğallaçilik klasterlari va fermer xöjaliklari 3 yil davomida har yilgi hosildan gektariga 2,5 tonna ğallani birja savdolariga erkin narxlarda çiqaradi.
➖Moliya vazirligi huzuridagi Jamğarma 2,5 million tonna ğallani birjadan bozor narxlarida davlat zaxirasi uçun sotib oladi.
➖“Özdonmahsulot” tarkibidagi donni qayta işlaş korxonalari negizida ğalla klasterlari taşkil etiş uçun, ular oçiq savdolarga çiqariladi.

III. Meva-sabzavotçilik yönalişida:

➖Kelgusi yildan, suğurta kompaniyalari orasida meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan suğurtalaş tizimi joriy etiladi.
➖Past hosilli 200 ming gektar paxta va ğalla maydonlari qisqartirilib, aholiga tanlov asosida, 1 gektardan ijaraga beriladi.

IV. Hosildorlikni oşiriş yönalişida:

➖Joriy yil hosilidan boşlab 3 yil davomida, paxtani Jizzax, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida maşinada teriş xarajatining 30 foizi byudjetdan qoplab beriladi.
➖Import qilinadigan texnika, butlovçi va ehtiyot qismlar bojxona tölovlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi.
➖Lazerli tekislaş uskunalari va don uruğ seyalkalarini xarid qiliş uçun kelgusi yilda 50 milliard söm subsidiya va bojxona imtiyozlari beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek