Paxta yiğim-terimi böyiça Hukumat qarori qabul qilindi

Matn9-sentabr, 2020, 12:263 daqiqa0 koʻrish

Paxta yiğim-terimiga oid Hukumat qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining «2020-yil paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.

Unga köra:

👉 qölda terilgan har bir kilogramm paxta xomaşyosi uçun birinçi terimda - 1 000 sömdan, ikkinçi terimda - 1 400 sömdan kam bölmagan miqdorda mehnat haqi tölanadi;

👉 paxta teriş maşinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomaşyosi uçun 920 000 sömdan kam bölmagan xizmat haqi tölaş;

👉 paxta-töqimaçilik klasterlari va kooperatsiyalariga yuqorida tavsiya etilayotgan narxlardan kam bölmagan holda mustaqil narx belgilaş huquqi berildi;

👉 paxta xomaşyosi uçun mehnat va xizmat haqi har beş kunda, zarurat bölganda, har kuni tölaş tavsiya etildi;

👉 işsiz hamda vaqtinçalik band bölmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy işga qabul qiliş böyiça fuqarolik-huquqiy şartnomalar tuziladi hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xomaşyosi yiğim-terimi yakuniga qadar 2 million sömdan kam bölmagan miqdorda mehnat haqi tölanadi. Şuningdek, uşbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi;

👉 paxta-töqimaçilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xomaşyosini terib oliş uçun yillik 16 foiz stavkada (şundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratiş maqsadida uç oy muddatda qaytariş şarti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion sömgaça mablağlar joylaştiriladi;

👉 Jizzax, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida paxta yiğim- terim mavsumida jalb qilinadigan paxta teriş maşinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomaşyosini yiğib-terib oliş xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi;

👉 paxta-töqimaçilik klasterlari va kooperatsiyalar hamda fermer xöjaliklari tomonidan xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta teriş texnikalari, ularning butlovçi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021-yil 1-sentabrgaça bojxona tölovlaridan (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga çiqariş” bojxona rejimiga joylaştirilgan sanadan boşlab qöşilgan qiymat soliğini 270 kungaça bölgan muddatga keçiktirib tölaşga ruxsat beriladi;

👉 Quyidagi tumanlarda qölda terilgan har bir kilogramm paxta xomaşyosi uçun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat byudjetining qöşimça manbalari hisobidan 200 sömdan ustama haq tölanadi:

➖ Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarining barça tumanlari;
➖ Qoraqalpoğistonning Qonliköl, Qoraözak, Kegeyli, Qönğirot, Taxtaköpir, Xöjayli, Şumanay, Çimboy va Nukus tumanlari;
➖ Qaşqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirişkor, Nişon, Kasbi, Qarşi tumanlari;
➖ Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Şerobod tumanlari.

👉 Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari taʼlim, soğliqni saqlaş taşkilotlari va boşqa budjet taşkilotlari xodimlarini hamda taʼlim muassasalari öquvçilari va talabalarini paxta xomaşyosi yiğim- terimiga jalb qiliş holatlarining oldini oliş va bunga çek qöyiş yuzasidan şaxsan masʼul ekanliklari belgilab qöyildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek