Ginnes oşi loyihasi tarixi va Bahriddin Çustiy haqida
Ginnes oşi haqida qisqagina
Köpçilikka qiziq bölgani uçun, uşbu loyiha haqida qisqagina sözlab bermoqçiman.
Ginnes oşi loyihasi dastlab mohir oşpaz, qadrdon döstim va akam Bahriddin Çustiy tomonidan işlab çiqilgan edi. 2011-yilda u Rossiyada işlardi. Öşanda bu loyihasi haqida menga sözlab bergan va taşkiliy jarayonlar qanday bölişi töğrisida maslahat solgandi. Bugun öşa xotiralarni eslab, MailRu poçtamdagi xatlarni oçib kördim, 2011-yil 14-iyun kuni loyiha haqida xat yuborgan ekan.
Öşandan keyin birgalikda işga kirişdik, men Ginnes bilan boğlandim, ularning tartib-qoidalarini, rekord qayd etiş şartlarini örgandim. 6 yil davomida juda köp insonlardan, amaldorlardan, biznesmenlardan, turli taşkilotlardan yordam söraganmiz. Lekin heç kim bu loyihaga boş qöşişni istamadi.
Ammo Çustiy baribir qaçondir uşbu orzusi amalga oşişiga qattiq işonardi. Va öşa kun 2017-yilda nasib qildi. Komil Allamjonov loyihani amalga oşiriş va moliyalaştirişga rozi böldi.
Bu orada Çustiy juda köp savdolarni boşidan keçirdi, köpçilikning malomatlariga qoldi, yana köpçilik unga işonmadi, ayrim yaqin insonlari orqadan piçoq ham urdi, ammo baribir u ortga qaytmadi. Bu işni uddalay olişiga qattiq işondi va jamoadagilarni ham bunga işontira oldi.
2017-yil 8-sentabrda Çustiy ikkalamizning 6 yillik orzumiz biz öylaganimizdan ham ziyodroq bölib amalga oşdi!
Uşbu loyiha haqida haligaça piçing qiladiganlar topiladi. Özbeklar faqat oş qilişni biladi, ovqat desa tomdan taşlaydi, birovlar koinotni egallayotgan, ilmda Nobel olayotgan payti biz 8 tonna oş qilamiz va h.k., va h.k. Lekin bizdan Nobel oladigan olimlar çiqmayotganiga oşpazlarning aybi yöqku. Ular öz işini bajarişdi, bajarganda ham ortiği bilan, butun dunyoni qoyil qilib uddalaşdi.
❗️Agar yurtimizdagi har bir kasb egasi, u xoh olim, dehqon, sportçi, öqituvçi, tadbirkor bölsin, xuddi Çustiy va boşqa oşpazlar kabi öz sohasida eng katta marralarni reja qilib, bu yöldagi maşaqqatlarga çidab, unga intilsa va amalga oşirsa, yurtimiz ança rivojlanib ketişi aniq. Yaʼni qanaqadir olamşumul taraqqiyot strategiyasini işlab çiqiş şart emas, şunçaki hamma öz işini qoyillatib, sidqidildan bajarsa böldi, şuning özi yorqin kelajak degani.
Bugun Çustiy koronavirusga qarşi davolanmoqda. Şukrki, ahvoli yaxşilanib boryapti, doimiy aloqada bölib turibmiz. Undan xavotir olgan, uning haqqiga duoda bölib turgan barçaga katta rahmat. Oğir damlar ortda qolgani rost bölsin. Alloh özi tezroq şifo bersin, ilohim.
Bahriddin aka, böldi, yotavermasdan, tezroq şifoxonadan çiqing endi, Siz bilan birgalikda qiladigan qançadan-qança loyihalarimiz kutib turibdi axir.
👉 @xushnudbek 👈


