Mahalla raisi öz uyini kambağal oilaniki deb taniştirdi

Matn8-sentabr, 2020, 13:571 daqiqa0 koʻrish

Şedevr voqea!

Mahalla raisi jurnalistni bir uyga oborib, "mana kambağal oila, biz şu oilaga yordam berdik, kambağallikdan çiqardik, uyini haşar qilib qurib berdik" debdi.

Öşa uydagi yigit ham buni tasdiqlab "Otam Rossiyada (!!!), özim jöja boqib oila tebratyapman, 30 kişilik töy qildim, mahallaga rahmat" debdi.

Bu voqealarni taşkil qilişda prokuror ham boş-qoş bölibdi.

Va keyin aniqlansaki, öşa uy mahalla raisining özining uyi ekan, haligi intervyu bergan yigit esa uning öğli ekan.

Tovba qildim, tovba qildim. Nima deyişga ham hayronman. Menimça, mazza qilib kuliş kerak, yiğlaşga köz yoş qolmadi.

Bundan qisqa xulosa şuki, şunçaki hamma yolğon gapirişga örganib qoldi, bu odatiy iş uslubiga aylandi. Çunki yolğonlar uçun jazo yöq. Aldoqçilar nari borsa bitta uzr bilan qutilib ketaveradi. Katta-katta doiradagi spektakllar oldida bu mahalla raisi qilgan iş nima böpti, töğrimi?

https://kun.uz/71051945

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek