Sport federatsiyalarida talon-toroj holatlari aniqlandi

Matn25-iyul, 2022, 18:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sportdagi talon-torojlar

Bugunning özida 2 ta sport federatsiyalari mansabdor şaxslari mablağlarni özlaştiriş va talon-toroj qiliş bilan boğliq holat aniqlangani haqida öqidim.

Suziş federatsiyasida 1 mlrd söm

Federatsiya mansabdor şaxslari 2021-yil oktabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportçi mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bölsa-da, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 mlrd sömlik pul mablaği talon-toroj qilingan. Şuningdek, Volgograd şahrida ötkazilgan xalqaro yiğinda 72 mln söm budjet mablağlari asossiz işlatilgan.

Voleybol federatsiyasida 300 mln söm

Aytişlariça, Federatsiyaga 54 nafar sportçilar bilan 23 kunlik öquv-maşğulot yiğini ötkaziş uçun byudjetdan 445 mln söm ajratilgan bölsa-da, amalda 10 kun öquv-maşğulot yiğini ötkazilib, 231 mln söm budjet mablağlari özlaştirilgan.

Bundan taşqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportçini turli sport yiğinlariga yuborilib, 75 mln söm mablağlar asossiz sarflangan. Hozirgaça zararlarning 120 mln sömi undirilgan.

Har ikki holatda ham Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek