Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jizzaxdagi tenderlar yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Jizzaxdagi tenderlar yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Hisob palatasi tomonidan tuzilgan işçi guruh Jizzax viloyat hokimligi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmaçiligidagi quriliş obyektlarida davlat xaridlari, davlat mulkini boşqariş hamda undan foydalanişda qonun hujjatlariga rioya etilişini örgandi.

Işçi guruhi tomonidan Jizzax viloyat arxitektura va quriliş boşqarmasi maʼmuriy binosining qurilişi yuzasidan ötkazilgan tanlov hujjatlari örganilganida, xarid komissiyasi aʼzolari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarilmaganligi, tanlov iştirokçilari va komissiya aʼzolari örtasida affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligini bila turib, bunga qonuniy munosabat bildirmagani va hujjatlarni soxtalaştirgani aniqlandi.

Biroq, tanlov komissiyasi aʼzolari quriliş obyekti böyiça tanlovda iştirok etgan barça talabgorlarning (“Qurilish ta’minoti” köp tarmoqli işlab çiqariş korxonasi, “Kamol” köp tarmoqli quriliş korxonasi va “Abduvohid Qurilish Ta’mir” MÇJlar) 100% uluşi tanlov komissiyasi raisi (viloyat hokimining sobiq örinbosari) A.R.ning yaqin qarindoşlariga tegişli bölganini bila turib, bunga biron-bir qonuniy munosabat bildirmagan va bayonnomaga bu haqdagi maʼlumot kiritilmagan.

Şuningdek, tanlov hujjatlarini örganiş davomida ğolib deb topilgan “Qurilish ta’minoti” köp tarmoqli işlab çiqariş korxonasi mansabdor şaxslari tanlovda noqonuniy ğoliblikni qölga kiritiş maqsadida korxona moliyaviy körsatkiçlari, işçi xodimlarning quriliş sohasidagi maʼlumoti va iş tajribasi, şuningdek, tanlovda yuqori ball olişda inobatga olinadigan maʼlumotlarni qasddan oşirib körsatilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlarga hujjatlarni körib çiqqan xarid komissiyasi aʼzolari qonuniy munosabat bildiriş örniga, yiğiliş bayonnomalariga soxta yozuv va maʼlumotlarni kiritiş yöli bilan qalbakilaştirib, korxonani asossiz ğolib deb topişgani maʼlum bölgan.

Yuqoridagilarning natijasida, tanlovda noqonuniy ğolib bölgan “Qurilish ta’minoti” köp tarmoqli işlab çiqariş korxonasi tomonidan maʼmuriy binoning qurilişida bajarilmagan 1 mlrd.ga yaqin (905 mln. söm, yoki obyekt umumiy qiymatining 8%) quriliş işlarini tölovga asos bölgan hujjatlarida qöşib yozib kiritib, şu miqdordagi davlat byudjeti mablağlari talon-toroj qilinganligi maʼlum bölgan.

Agentlik tomonidan örganiş yakunlari böyiça töplangan hujjatlar qonuniy baho berilişi uçun Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Mazkur hujjatlar böyiça prokuratura tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiriş yakunlari böyiça Jizzax viloyatida qurilişda tanlov savdolari va narxlarni şakllantiriş komissiyasi raisi A.R.ga, şuningdek, komissiya va boşqa taşkilotlar, xususiy korxonalar mansabdor şaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş), 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatildi.

Holat yuzasidan kelgusida qöşimça axborot taqdim etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek