Jizzax viloyati hokimi örinbosari va oilaviy tenderlar

Matn26-dekabr, 2020, 17:193 daqiqa8 koʻrish

Manba:davletovuz

​​Jizzaxça tenderlar-2, oilaviy pudrat, bir neça yuz milliardlik davlat buyurtmalari

Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Raxmonqulov Akram Baxritdinoviç Jizzax viloyati Yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan ijtimoiy va boşqa soha obyektlarini quriş yuzasidan davlat byudjeti mablağlari hisobidan ötkaziladigan tender va tanlovlarning aksariyatida komissiya raisi sifatida vakolatli şaxs bölgan.

Jizzax viloyatida ijtimoiy va boşqa sohalarga, qurilişlarga oid oçiq maʼlumotlar asosida ötkazgan suriştiruvlarimiz viloyat hokimi örinbosari Akram Raxmonqulovning, bizning-ça, qarindoşlariga taalluqli bölgan xususiy kompaniyalar aksariyat davlat buyurtmalarini özaro “taqsimlab olgan” bölişi mumkinligini körsatdi. Bu davlat buyurtmalari qiymati bir neça yuz milliard sömni taşkil qiladi. Familiya, ism va şariflarni qarab çiqsangiz böldi.

1. Raxmonqulov Akbar Baxriddinoviç 100% uluşiga egalik qiladigan hamda Raxmonqulov Alişer Baxriddinoviç rahbarlik qiladigan J-Quruvchi MÇJ, bizning xomçötlarimizga köra, 120 mlrd sömdan ortiq davlat buyurtmalarini qölga kiritgan. Bundan köp ham bölişi mumkin. Akbar Baxriddinoviç Raxmonqulov, şuningdek, danakli va pöçoqli uruği bölgan mevalar yetiştiriş bilan şuğullanadigan “Qo'nish Bobo Maxsus Bog'lari” MÇJ, betondan quriliş uçun buyumlar işlab çiqariş bilan şuğullanadigan “Zenatkor Temir Beton Buyumlari” MÇJ (Bu korxonaga Raxmonqulov Adham Baxriddinoviç rahbarlik qiladi)ning töliq taʼsisçisidir.

2. Baxriddinov Şuxratjon Akramoviç töliğiça taʼsisçi bölgan “Qurilish Ta'minoti” MÇJ ham, bizning hisob-kitobimizga köra, kamida 80 mlrd sömlik davlat buyurtmalarini tender, tanlov asosida “yutib olgan”. Şuxratjon Baxriddinov, şu bilan birga, 1997-yildan beri işlab keladigan “Kamol” xususiy korxonasi egasi hamdir. Bu kompaniya ham viloyatda katta qurilişlardagi iştiroki bilan köpçilikka yaxşi taniş.

3. Toşpulatov Ixtiyor Baxtiyoroviç töliq taʼsisçisi bölgan “Abduvohid Qurilish Ta’mir’ MÇJ ham Jizzax viloyatida ançagina davlat buyurtmalarini olgan. Oçiq maʼlumotlar asosida örganişlarimiz şuni körsatdiki, uşbu kompaniya 61 mlrd sömga yaqin davlat buyurtmalarini tender, tanlov hamda töğridan-töğri (manzilli dasturlar asosida) qölga kiritgan. Bizga maʼlum bölişiça, Toşpulatov Ixtiyor Baxtiyoroviç ham ona tarafdan Raxmonqulovlarga qarindoş bölişi mumkin ekan.

4. Raxmonqulov Alişer Baxriddinoviç töliq egalik qiladigan “Jizzax Savdo Lyuks” MÇJ yaşaşga yaroqsiz joylarni ijaraga beriş va boşqariş bilan, uning yana bir kompaniyasi — “Ravon Yo'l Invest” MÇJ esa toşni kesiş, unga işlov beriş va pardozlaş bilan şuğullanadi. Yaʼni bu oilaga tegişli aksariyat korxonalar quriliş, quriliş materiallari va uy-joy sohasiga bevosita va bilvosita aloqadordir.

Yuqorida qayd etilganidek, quriliş böyiça ayrim tenderlarda Raxmonqulov Akram Baxritdinoviç tender komissiyasi raisi bölgan. Boz ustiga, özaro afillangan kompaniyalar bitta tenderda iştirok etgan holatlar ham mavjud. Masalan, 21 mlrd sömlik tenderda faqat “Abduvohid Qurilish Ta’mir’ MÇJ va “Qurilish Ta'minoti” MÇJ iştirok etgan.

Yana bir masala. Viloyat böyiça tasdiqlangan manzilli quriliş dasturlari (bir neçta)da yuqoridagi kompaniyalar allaqaçon ijroçi sifatida ham körsatib ötilgan holatlar ham mavjud.

Quriliş buyurtmalarida bevosita iştirok etmasa-da, “Zenatkor Temir Beton Buyumlari” MÇJ hamda “Ravon Yo'l Invest” MÇJ davlat buyudjetidan qurilayotgan inşootlarda taʼminotçilar sifatida iştirok etayotgan bölişi mumkin. Bu nazariy taxmin. Buni faqat nazorat organlari tekşiruvi orqali aniqlaşi mumkin, agar şunga xohiş bölsa, albatta.

Maʼlumotlar oçiq manbalardan olindi. Quyidagi jadvalda keltirilgan raqamlar lotlardagi takrorlar va barça davlat buyurtmalarini töliq örganiş imkoni bölmagani sababli köp yoki oz bölişi mumkin.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek