Sirdaryo va Buxorodagi fojialardan çiqariladigan xulosalar
Manba:davletovuz
Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridagi fojeadan juda köp xulosa hamda saboqlarni çiqarişimiz kerak böladi.
Birinçidan, korrupsiyaga qarşi qoğozda, gapda emas, amalda kuraşadigan vaqt keldi. Yöqsa, har bir keçikilgan kunning badali oğir böladi. 2017-yildan kuçga kirgan deklarativ qonun ham, har ikki yilda yangilanayotgan korrupsiyaga oid davlat dasturlari ham, idoralararo komissiya ham, parlamentdagi şunçaki nomiga “korrupsiya” sözi qöşilgan qömitalar ham jöyali natija bermadi. Kuraş odatda mayda poraxörlar, ayniqsa, pora berganlarga qarşi tanlov asosidagi kampaniya bölib qolayapti. Jinoyat kodeksidagi korrupsiya uçun javobgarlik öşa-öşa holiça qolayapti. Statistik maʼlumotlarga köra, 2019-yilda respublika sudlari tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan 191 şaxsga nisbatan 145 ta iş, 211-moddasi (pora beriş)bilan esa 1179 şaxsga nisbatan 995 ta iş körilgan. Nisbatni qarang. Manfaatlar töqnaşuvi, tender, davlat xaridlari töliq şaffoflaştirilişi kerak.
Ikkinçidan, quriliş sohasidagi bum, avvalo, sohada korrupsiya uçun uya, noqonuniy yöllar bilan topilgan pullarni özlaştiriş, legallaştiriş yöli, “bir kunlik” kompaniyalar ommalaşgan soha, davlat buyurtmalari esa oç şoqollarga tayyor oxör bölib qoldi. Bu isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Davlat quriliş sohasidagi reglamentlarni töliq qayta körib çiqişi, korrupsion faktorlarni mumkin qadar istisno qilişi, davlat va kvazi-davlat buyurtmalari töliq şaffoflaştirilişi, bitta mix sotib olinsa, uni oddiy odamlar köra olişi kerak.
Uçinçidan, Sirdaryodagi fojea va Buxorodagi tabiiy ofat oqibatlari uçun siyosiy javobgarlik bölişi kerak. Albatta, tergov barça aybdorlarni javobgarlikka tortadi. Lekin Sardobada ham, Buxoroda ham közböyamaçilik qilgan, gidroenergetika inşooti va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilişi uçun bevosita masʼul bölgan rahbarlar istyefoga çiqarilişi şu kunlarda juda örinli bölar edi. Çunki ular heç kimga, heç bir saylovçiga hisobdor emas. Agar demokratik jamiyat bölganda, ular allaqaçon jamoatçilik bosimi ostida tavbasiga tayantirilar edi. Bu boşqa amaldorlarga örnak bölişi, kelajakda xatolarni takrorlamaslik, xalq va Prezidentga yolğon gapiriş oğir oqibatlarga olib kelişini tuşunişi uçun ham qilinişi kerak.
Törtinçidan, bizga haqiqiy parlament, çinakam, ijro organining barça böğinini hisobdor qila oladigan deputatlar kerak. Bu endi ölmas mavzu va orzu.
Bularning barçasi, albatta, şunçaki IMHO.
