Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev Sardobadagi ofat böyiça Qozoğistonga hamdardlik bildirdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Şavkat Mirziyoyev:

«Afsuski, Sardobadagi ofat natijasida biz bilan çegaradoş bölgan yon qöşnimiz – Qozoğiston Respublikasi Turkiston viloyati Maqtaral tumanining ayrim aholi punktlarini ham suv bosdi. Biz Qozoğiston Prezidenti, hurmatli Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali bu masalani özaro tuşuniş va oçiqlik ruhida atrofliça muhokama qilib oldik. Kuni keça Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Şukeyev boşçiligidagi delegatsiya voqea joyida bölib, vaziyatni har tomonlama çuqur örgandi.

Biz qardoş qozoq xalqi bilan azal-azaldan bir daryodan suv içib, özaro quda-anda bölib, et bilan tirnoqdek yaqin bölib yaşaganmiz. Quvonçli kunlarda ham, sinovli damlarda ham hamişa bir-birimizga yelkadoş bölib, qöllab-quvvatlab kelganmiz.

Uşbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qöşni qozoq birodarlarimizga ham ortiqça taşviş va ziyon yetkazganidan judayam xijolatdamiz. Ularning aholi yaşaş joylari va ekin maydonlari zarar körganidan, albatta, biz juda afsusdamiz.

Hukumatimiz, tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, boşqa mutasaddi va mutaxassislar qozoğistonlik hamkasblari bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça, albatta, yaqindan hamkorlik qiladi.

Biz qozoğistonlik birodarlarimizga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etişda kerakli yordam berişga ham tayyor ekanimizni bildirdik.

Işonçim komil, biz boşimizga tuşgan bu oğirliklarni ham xalqimiz bilan birgalikda, özaro hamjihatlikda bir tanu bir jon bölib, albatta, yengib ötamiz».

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek