Davlat organlari oçiqlik talablarini bajarmayapti
119 ta davlat organi öz tasarrufidagi köçmas mulklar haqida maʼlumotlarni rasmiy saytlariga joylaştirmagan
Bugun Xalqaro media hollda “Davlat organlari faoliyatining oçiqligi va şaffofligi: Özbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Unda taʼkidlanişiça, joriy yilning oktabr oyi holatiga ötkazilgan monitoring natijalari böyiça 230 ta vazirlik va idoralarning 121 tasi xizmat safarlari va xorijdan taşrif buyurgan mehmonlarni kutib oliş xarajatlari haqidagi maʼlumotlarni öz rasmiy veb-saytlariga joylaştirmagani aniqlandi.
Şu kabi respublikadagi 119 ta davlat organi va taşkiloti öz tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boşqa köçmas mulklar töğrisidagi maʼlumotlarni Oçiq maʼlumotlar portaliga öz vaqtida joylaştirilişini taʼminlamagan bölsa, 48 tasi Portalda şaxsiy kabinet ham oçmagan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


